Bratislavada O’zbekiston-Slovakiya biznes-forumi bo’lib o’tdi
Slovakiya poytaxti Bratislava shahrida O’zbekiston-Slovakiya biznes-forumi bo’lib o’tdi. Tadbirda O‘zbekistonning to‘qimachilik, qurilish, qishloq xo‘jaligi, energetika kabi sohalaridagi qator yetakchi tadbirkorlari ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbir doirasida Savdo-sanoat palatasi aʼzolari va ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasida B2B formatidagi uchrashuvlar boʻlib oʻtdi, jumladan, Slovakiyaning “Eustream”, “Slovnaft”, “Meditop”, “Tatra banka”, “Stredoslovenská energetika Holding” kabi yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, bir qator kelishuvlarga erishildi.
Ta’kidlash joizki, Slovakiya va O‘zbekiston hukumati hamda ishbilarmon doiralarining aniq amaliy natijalarga erishishga va erishilgan kelishuvlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga tayyorligi o‘zaro manfaatli O‘zbekiston-Slovakiya sherikligini yanada kengaytirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
SSP Matbuot xizmati
11.08.2023
10:59