• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Davlat rahbari tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

    Tadbir avvalida davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni Tadbirkorlar kuni bilan tabriklab, o‘zining chuqur hurmati va ezgu tilaklarini bildirdi.

    Muloqotda o‘tgan yillardagi uchrashuvlar natijalariga to‘xtalib o‘tildi. 2021-yili bo‘lgan ochiq muloqot bo‘yicha 57 ta, o‘tgan yili esa 55 ta tashabbus ilgari surilgan edi. Ularning natijasida biznesni yuritishda ko‘plab yengilliklar bo‘ldi.

       

    Misol uchun, o‘tgan yilgi takliflar asosida biznes subyektlari mikro, kichik, o‘rta va yirik toifalarga bo‘linib, ular bilan alohida ishlash yo‘lga qo‘yildi. Xuddi shunday, tuman va shaharlar ham 5 ta toifaga ajratildi, 60 ta tumanga alohida soliq, kredit va moliyaviy yordam rejimlari joriy qilindi.

    Qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarish muddati qisqartirilib, o‘tgan bir yil ichida 6 mingta korxonaga 20 trillion so‘m qaytarib berilgan. Eng muhimi, ushbu soliq stavkasi 12 foizga tushirilgani hisobiga, qo‘shilgan qiymat zanjiri ishtirokchilari soni 26 mingtaga ko‘payib, faoliyati “soyadan” chiqqan.

    Kredit berishda aylanmadagi tovarlar, eksport shartnomalari, akkreditivlar va kelgusi tushumlardan ham garov ta’minoti sifatida foydalanish tizimi yaratildi. Bu imkoniyat orqali tadbirkorlarga 1 milliard dollar kreditlar berilgan.

    Bojxona hududida qayta ishlash tizimi soddalashtirildi. Natijada, ushbu bojxona rejimidan foydalanuvchi tadbirkorlar soni 2 barobarga ko‘paydi. Bir yil ichida ushbu imkoniyat orqali 455 million dollarlik mahsulot eksport qilindi.

    Ilgari yangi tadbirkorlar uchun “kirish qiyin bo‘lgan” 119 ta faoliyat bo‘yicha litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi yoki xabardor qilish shakliga o‘tkazildi. Joriy yilning olti oyida soliq to‘lovchilar faoliyatida tekshirishlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40 foizga kamaygan.

    Umuman, o‘tgan bir yilda kichik tadbirkorlar soni 40 mingtaga ko‘paygan, o‘rta tadbirkorlar soni 2 mingtaga oshib, 10 mingga yetgan. Yirik korxonalar soni esa bir yilda 400 taga ko‘payib, 1,5 mingta bo‘ldi.

    Berilgan yengilliklardan foydalanib, bir yilda 155 ta korxonaning yillik aylanmasi 100 million dollardan oshgan. Kiritilgan yillik xorijiy sarmoyalar hajmi esa ilk bor 10 milliard dollarga yetgan.

    Ochiq muloqotlardan keyin, so‘nggi ikki yilda korxonalarimiz tomonidan 25 milliard dollarlik mahsulotlar eksport qilingan va avval import bo‘lgan 10 milliard dollarlik mahsulotni o‘zimizda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev muloqotdagi ma’ruzasida beshta asosiy yo‘nalishni ko‘rsatib o‘tdi. Ularning har biri o‘z ichiga ko‘plab tashabbuslarni qamrab oldi.

        

    Birinchi yo‘nalish – kichik biznesga yangi imkoniyatlar.

    Bu soha vakillarini tadbirkorlikka o‘qitish, ularga loyiha qilib berish, faoliyatini moliyalashtirish, mahsulotlariga bozor va biznesiga sheriklar topish bo‘yicha yaxlit ekotizim yaratilishi qayd etildi. Buning uchun eng avvalo, “Qishloq qurilish bank” “Biznesni rivojlantirish banki”ga aylantiriladi. Bank huzurida har bir hududda jami 14 ta kichik biznes markazlari tashkil etiladi. Ularda o‘qigan tadbirkorlarning loyihalarini eng qulay shartlarda moliyalashtiriladi. Bu dasturda ishtirok etayotgan kichik biznes korxonalari faoliyatini uch yilgacha tekshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Umuman, kichik biznesda kamida 150 mingta subyektni “oyoqqa turg‘izish”, 25 mingtasini o‘rta korxonalarga aylantirish, sohada 250 mingta yangi doimiy ish o‘rni yaratish maqsad qilingan.

    Ikkinchi yo‘nalishda o‘rta biznesga oid tashabbuslar ilgari surildi.

    Jumladan, kichikdan o‘rta biznesga o‘tish istagida bo‘lgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun bu boradagi jamg‘armalarning faoliyati ham, ishlash usuli ham o‘zgartiriladi. Sanoatni rivojlantirish jamg‘armasi orqali yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun xorijiy valyutada 5 foiz, milliy valyutada 10 foiz stavkada 10 yil muddatga kreditlar ajratiladi.

    Sanoat ipotekasi tizimi yo‘lga qo‘yilib, tadbirkorlarga “tayyor biznes” shaklida ishlab chiqarish maydonlari qurib beriladi. Jumladan, har bir viloyatda kamida 3 tadan yangi sanoat zonalari tashkil etiladi.

    Tadbirkorlik jamg‘armasi iqtisodiyotning yana bir drayveri bo‘lgan xizmatlar sohasiga mas’ul bo‘ladi. Jamg‘arma turizm, savdo va servis sohalarida “xizmatlar ipotekasi” tizimini joriy qiladi.

    Ushbu yangi imkoniyatlar hisobidan qo‘shimcha 1 milliard dollarlik xizmatlar, 5 milliard dollarlik yangi mahsulotlar, 350 ming yangi ish o‘rinlari tashkil qilish mumkinligi aytildi.

    Uchinchi yo‘nalish yangi bozorlarga sifatli va raqobatbardosh mahsulot bilan kirish bo‘yicha bo‘ldi.

    – Biz ayrim mamlakatlar kabi neft-gaz resurslarini sotish hisobiga yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlay olmaymiz. Bizning “neftimiz” ham, “gazimiz” ham bu – Siz kabi tashabbuskor va ishbilarmon tadbirkorlar yaratayotgan yuqori qiymatli va sifatli mahsulotlardir, – dedi Prezident.

    Bu yo‘nalish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani samarasida so‘nggi to‘rt yilda eksportchi korxonalar soni 4 ming 500 tadan 7 ming 200 taga ko‘paygan. Eksport mahsulot turlari 1 ming 500 tadan 3 mingtaga oshib, geografiyasi 139 ta mamlakatdan 164 taga kengaygan.

    O‘tgan yili “Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi boshlangan edi. Uning doirasida 100 ta yetakchi eksportchi korxonaga kredit, soliq, bojxona bo‘yicha alohida rejim joriy qilindi.

    Muloqotda mazkur dastur joriy yilda ham davom ettirilishi va qamrab olinadigan korxonalar soni 500 taga yetkazilishi ma’lum qilindi.

    Davlatimiz rahbari nufuzli xorijiy brendlarni mamlakatimizga jalb qilish masalasiga alohida ahamiyat qaratdi. Buning uchun, xorijiy hamkorlar so‘roviga muvofiq, ishlab chiqarishga xalqaro standartlar, ekologiya va sertifikatlash talablarini hamda qulay bojxona rejimini joriy qilish, mahalliy korxonalardagi ishchilarga munosib mehnat sharoitlari yaratish zarurligi ta’kidlandi. Yirik brendlarni jalb qilgan korxonalarga grant ajratish taklifi bildirildi.

        

    To‘rtinchi yo‘nalish – yuqori daromadli korxonalarni ko‘paytirish. Shu maqsadda xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda, elektr texnikasi, to‘qimachilik, charm-poyabzal, zargarlik, qurilish materiallari, mebelsozlik, polimer, kimyo va oziq-ovqat sanoati bo‘yicha 140 ta loyiha ishlab chiqilgan. Ularning jami qiymati 10 milliard dollarga teng bo‘lib, 60 mingta ish o‘rinlarini yaratish, yiliga 5 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqarish hamda 2,5 milliard dollarlik eksport qilish ko‘zda tutilgan. Ushbu tayyor loyihalar tadbirkorlarga taklif qilindi.

    Beshinchi yo‘nalish soliq ma’murchiligini soddalashtirish, byurokratiyani yo‘q qilish masalalariga qaratildi. Prezident bu sohada korrupsiya bilan bog‘liq shikoyatlar ko‘payib ketgani, qo‘shilgan qiymat solig‘ini qaytarishda soliq uzilishi koeffitsiyentini qo‘llash amaliyoti (tax gap) adolatsiz ekanini qayd etdi. Shu bois, 1 oktyabrdan boshlab, ushbu amaliyot bekor qilinishi belgilandi.

    Barcha moliyaviy sanksiyalar qayta ko‘rib chiqilib, adolatli me’yorlar belgilanishi ta’kidlandi.

    Shuningdek, tadbirkorning soliq idoralari bilan bo‘ladigan barcha nizolarini ko‘rish ma’muriy sud vakolatiga o‘tkaziladi. Ularning to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilishidagi har qanday cheklovlar olib tashlanadi.

    Ishbilarmonlarning vaqti va xarajatlarini tejash maqsadida 2024-yil 1-yanvardan boshlab, bir-birini takrorlovchi va eskirgan hisobotlar tugatiladi. Barcha hisobotlarni yagona elektron tizim orqali taqdim etish yo‘lga qo‘yilib, ularning qog‘oz shakli bekor qilinishi aytildi.

    – Mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichida har bir yil ulkan dastur va loyihalarni amalga oshirish davri bo‘lib qolmoqda. Hayot sinovlarida toblangan, mard va tashabbuskor tadbirkorlarimiz bor ekan, biz albatta ko‘zlagan marralarimizga erishamiz, – dedi Prezident so‘zining yakunida.

    Ochiq muloqot savol-javob tarzida davom etdi. Tadbirkorlar aytgan taklif va muammolar yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

    21.08.2023

    09:25

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06