Ozarbayjon Respublikasi Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish agentligi raisi bilan uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasiga tashrifi oldidan, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov boshchiligidagi 50 dan ortiq tadbirkorlardan iborat delegatsiya Ozarbayjonda bo‘lib turibdi.
Bugun, 21 avgust kuni D.Vaxabov Ozarbayjon Respublikasi Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish agentligi raisi O.Mamadov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ozarbayjon Respublikasining Kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish agentligi yuridik shaxs boʻlib, kichik va oʻrta biznes subyektlariga bir qator xizmatlar koʻrsatadi, ushbu sohada davlat organlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni muvofiqlashtiradi va tartibga soladi hamda Iqtisodiyot vazirligiga boʻysunadi.
Uchrashuvda tomonlar biznes hamkorligining istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilib, shuningdek, o‘zaro manfaatli aloqalarning yangi imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.
SSP Matbuot xizmati
22.08.2023
09:01