Ozarbayjon-O’zbekiston biznes-forumi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Ozarbayjonga davlat tashrifi arafasida 21-avgust kuni Boku shahrida ikki mamlakatning 250 dan ortiq yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida biznes-forum bo’lib o’tdi.
O’zbekiston-Ozarbayjon hamkorligi keyingi yillarda jadal, izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi. 2022-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 6 barobarga, joriy yil boshidan esa yana 40 foizga oshdi. Keyingi yillarda qo‘shma korxonalar soni 4 baravar ko‘paydi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Ozarbayjon kapitali ishtirokidagi 200 dan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda.
Biznes-forum doirasida “B2B” va “G2B” formatlarida uchrashuvlar boʻlib oʻtdi, shuningdek, tadbir yakunlari boʻyicha bir qator yirik savdo shartnomalari va investitsiyaviy bitimlar imzolandi.
SSP Matbuot xizmati
22.08.2023
09:11