Ozarbayjonning “Absheron Tijaret Markazi” qurilish kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Ozarbayjon Respublikasiga tashrif doirasida joriy yilning 23 avgust kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari va “Absheron Tijaret Markazi” qurilish kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad korxona faoliyati bilan yaqindan tanishish, shuningdek, mahalliy mahsulotlarimizni ushbu korxona omborlariga joylashtirish masalalarini muhokama qilishdan iborat edi.
Uchrashuvda tomonlar qurilish sohasida ishbilarmon hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi, shuningdek, Savdo-sanoat palatasi vakillari tovarlarni saqlash va sotishga mo‘ljallangan obyekt infratuzilmasi bilan tanishdi.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston tovarlarini Ozarbayjon va uchinchi davlatlar bozorlariga eksport qilish maqsadida to‘qimachilik sanoati, elektrotexnika va qurilish kabi sohalarda o‘zbek mahsulotlarini joylashtirish uchun bino ijarasi imkoniyatlarini muhokama qildi.
SSP Matbuot xizmati
23.08.2023
16:12