Savdo-sanoat palatasi huzurida Elektrotexnika masalalari qo’mitasi tuzildi
Mamlakatimzida tadbirkorlarga yanada keng imkoniyatlar yaratish, biznes doiralari vakillari duch kelayotgan muammo va masalalarga tezkor yechim topish bo’yicha ishlar olib borilmoqda.
Xususan, davlatimiz rahbarining 23.01.2023 yildagi PQ-15-sonli “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga ko’ra, Savdo-sanoat palatasi huzurida Elektrotexnika masalalari qo’mitasi tashkil etildi.
Joriy yilning 24 avgust kuni “O’zeltexsanoat” uyushmasida ushbu qo’mitaning ilk qo’shma yig’ilishi bo’lib o’tdi. Tadbirda Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o’rinbosari Islom Jasimov, “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisining o’rinbosari Abror Boyev, yangi tashkil etilgan qo’mita a’zolari, tadbirkorlar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.
Uchrashuvda jamoatchilik asosida tashkil etilgan qo’mitaning vazifalari, tuzilishidan ko’zlangan maqsadi va boshqa ko’plab mavzularda taqdimotlar o'tkazildi, shuningdek, qo’mita raisligiga nomzod ma’qullandi.
Qarorga ko‘ra, Savdo-sanoat palatasi huzurida jamoatchilik asosida tashkil etilayotgan qo‘mitalar raislari Palata raisining tegishli sohalar kesimida maslahatchilari etib tayinlandi.
SSP Matbuot xizmati
28.08.2023
09:55