Samarqandda Pusan iqtisodiy forumi boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 29 avgust kuni Samarqand shahrida Markaziy Osiyoning barcha davlatlari Savdo-sanoat palatalari vakillari ishtirokida “Pusan iqtisodiy forumi” bo‘lib o‘tdi.
Ushbu forumda Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida ikki davlat ishbilarmon doiralari uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish istiqbollari va imkoniyatlari muhokama qilindi.
Ushbu tadbirda Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Jamshed Urakov “Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ishbilarmonlik hamkorligining yutuqlari” mavzusida so'zga chiqdi.
Jamshed Urakov o'z chiqishi davomida hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish istagida bo'lgan Pusan tadbirkorlari uchun O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi mustahkam ko‘prik bo‘lishga tayyor ekanligini ta’kidladi.
SSP Matbuot xizmati
30.08.2023
09:19