O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha qo‘shma Ishchi guruhning 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi
Joriy yilning 5-6-sentyabr kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha qo‘shma Ishchi guruhning 3-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur yig‘ilishni o‘tkazishdan maqsad — Yurboshimizning joriy yil 25-maydagi Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashida ilgari surgan tashabbuslari ijrosini jadallashtirish va samarali ta'minlash bo‘yicha masalalarni muhokama qilish, O‘zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a'zo mamlakatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish.
Shuningdek, ushbu tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Ishbilarmonlar kengashi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum loyihasi muhokama qilinishi kutilmoqda.
SSP Matbuot xizmati
04.09.2023
17:27