Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumani Xalq hukumati raisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 4 sentyabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov va Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumani Xalq hukumati raisi Yusupjan Mamat o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, yig‘ilishda Islom Jasimov O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining faoliyati va vazifalari to‘g‘risida so‘zlab berdi.
Yusupjan Mamat samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadi.
SSP Matbuot xizmati
05.09.2023
18:12