Shandun provinsiyasi axborotlashtirish sanoati departamenti inspektori bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 5 sentyabr kuni Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov va Shandun provinsiyasi axborotlashtirish sanoati departamenti inspektori Li Yunxua o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Shandun provinsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning strategik masalalari, shuningdek, ilmiy ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston va Shandun ishbilarmon doiralari o‘rtasida biznes-forum tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha ikki tashkilot oʻrtasida yaqin hamkorlik va savdo-iqtisodiy aloqalarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishildi.
SSP Matbuot xizmati
06.09.2023
10:13