Minskda O‘zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 6 sentyabr kuni Minsk shahrida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan birinchi O‘zbekiston-Belarus ayollar biznes-forumi doirasida O‘zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilari ko‘rgazmasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Jamshed Urakov Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Kengashi raisi Natalya Kochanova va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayevaga mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni taqdim etdi.
Ko‘rgazmada mamlakatimizning elektrotexnika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, charm-poyabzal sanoati kabi sohalardagi tovar ishlab chiqaruvchilari, shuningdek, O‘zbekiston hunarmandlarining mahsulotlari ham namoyish etildi.
SSP Matbuot xizmati
06.09.2023
15:12