“Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan tadbirkorning o'quvchilar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Davlatobod tumanidagi 92-maktabda “Iftixor kiyim sanoat” MCHJ ta’sischisi Adхamjon Iminjanov hamda maskanning 250 nafar yuqori sinf o’quvchilari o‘rtasida muloqot tashkil etildi.
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan tadbirkor korxonasida 1 000 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, mahsulotlar hozirda Yevropaning Germaniya, Daniya, Belgiya, Avstriya kabi davlatlariga eksport qilinmoqda.
Asosan erkak va ayollar kostyum-shimlarini tikishga ixtisoslashgan korxonaning yillik eksport hajmi 12 million yevroni tashkil etadi.
SSP Matbuot xizmati
08.09.2023
09:02