SSP xodimlari uchun seminar o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23 yanvardagi “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-15-sonli qarorda Palata ijroiya qo‘mitasi va hududiy bo‘linmalarining xodimlarini chuqur nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ta’minlash vazifasi belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini sifatli ta’minlash maqsadida joriy yilning 11-12 sentyabr kunlari Palata ijroiya qo‘mitasi tomonidan hududiy boshqarma boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari hamda ish samaradorligi bo‘yicha nisbatan ko‘rsatkichlari past bo‘lgan tuman va shahar bo‘limi rahbarlari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.
SSP Matbuot xizmati
11.09.2023
19:11