Yaponiya Xalqaro yoshlar palatasi prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 12 sentyabr kuni Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov va Yaponiya Xalqaro yoshlar palatasi (JCI) prezidenti Masahiro Aso o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning strategik masalalari, shuningdek, Yaponiya Xalqaro yoshlar palatasining O‘zbekistonda vakolatxonasini tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha ikki tashkilot o‘rtasida turli sohalarda doimiy hamkorlik qilish va savdo-iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
SSP Matbuot xizmati
13.09.2023
15:27