Gamburgda O‘zbekiston-Germaniya iqtisodiy palatasini ochish masalalari muhokama qilindi
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobovning Germaniya Savdo-sanoat palatasi boshqaruvi a’zosi doktor Folker Trayer hamda Germaniya hududiy palatalari rahbarlari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda Gamburg shahrida Oʻzbekiston-Germaniya Iqtisodiy palatasini ochish, dual taʼlim sohasidagi hamkorlik istiqbollari, Oʻzbekiston delegatsiyasining Germaniyada oʻtkazilgan tadbirlarda ishtirok etishi masalasi, ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari va boshqalar muhokama qilindi.
SSP Matbuot xizmati
18.09.2023
09:20