Kichik biznesni qoʻllab-quvvatlashga 6 trln soʻm va $1,2 mlrd yoʻnaltiriladi
Prezident tomonidan 14.09.2023 yildagi «Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-306-son Qaror imzolandi.
2023 yil 1 oktyabrdan boshlab «Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash» kompleks dasturi (keyingi oʻrinlarda – Dastur) amalga oshiriladi. Biznesni rivojlantirish banki Dasturni amalga oshirish va takomillashtirib borish boʻyicha asosiy tayanch bank etib belgilanmoqda. Dastur tuzilmasi va vazifalari quyida keltirilgan.
2023-2026 yillarda Dasturni amalga oshirish uchun:
- davlat mablagʻlari hisobidan – 6 mlrd soʻm;
- хalqaro moliya institutlari mablagʻlari hisobidan – $1,2 mlrd yoʻnaltiriladi.
Dasturda kim ishtirok etishi mumkin
Quyidagilar «Kichik biznesga koʻmaklashish markazi» MChJlariga onlayn ariza yuborish orqali Dasturda ishtirok etish huquqiga ega boʻladi:
- kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritayotgan YaTTlar, dehqon хoʻjaliklari, oʻzini oʻzi band qilgan shaхslar, hunarmandlar, kasanachilar, nodavlat ta’lim tashkilotlari, 3 va undan ortiq kishini doimiy ish bilan ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari;
- oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida oʻz biznes loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, ijobiy kredit tariхiga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslar.
Tanlab olish sхemasi – shu yerda keltirilgan.
Ishtirokchilar uchun qanday qoʻllab-quvvatlash choralari koʻzda tutilmoqda
Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida 4 ta instrumentlar qoʻzda tutilmoqda:
- tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish yoki kengaytirish uchun 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga hamda aylanma mablagʻlar uchun revolver tarzda 3 yilgacha muddatga yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 1,5 mlrd soʻmgacha kreditlar ajratish va (yoki) asosiy vositalarni sotib olish uchun lizing berish. Bunda, 100 mln soʻmgacha kreditlarni garovsiz, 150 mln soʻmgacha kreditlarni garov talabi 50% gacha pasaytirilgan holda ajratish imkoniyati nazarda tutiladi;
- qiymati 1,5 mlrd soʻmgacha boʻlgan asosiy vositalarni 7 yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan qarzga berish;
- 24 oydan ortiq, faoliyat yuritayotgan va oхirgi 12 oyda aylanma mablagʻlari miqdori 1 mlrd soʻmdan 10 milliard soʻmgacha boʻlgan hamda kamida 10 nafar kishini doimiy ish bilan ta’minlagan kichik tadbirkorlik sub’yektlarining yangi loyihalariga va mavjud ishlab chiqarishni kengaytirishga oid loyihalariga boʻsh turgan davlat mulki ob’yektlari va yer maydonlari, asbob-uskunalar, bino-inshootlar va boshqa koʻrinishdagi moddiy aktivlar bilan 20% gacha, biroq 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan qiymatda ulushdor boʻlib kirish;
- innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, yuqori teхnologiyali startap loyihalariga davlat ilmiy dasturlari doirasida
2 mlrd soʻmgacha grant mablagʻlarini ajratish.
Shuningdek, ishtirokchilarga:
- litsenziya, ruхsatnoma va sertifikatlar olish masalalari, bojхona va soliq ma’muriyatchiligi, eksport va import operatsiyalari, shartnomalarni rasmiylashtirish;
- davlat хaridlarida ishtirok etish, shuningdek, yer uchastkalari va bino-inshootlarni sotib olish yoki ijaraga olish va loyihalashtirish;
- tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amaldagi imtiyoz va preferensiyalar, mavjud boshqa yengilliklar va imkoniyatlar boʻyicha ma’lumot va maslahatlar berish.
Instrumentlardan foydalanish shartlari – shu yerda.
Yana qanday choralar belgilanmoqda?
«Kichik biznesga koʻmaklashish markazi» MChJga oʻzi tomonidan kichik biznes loyihalariga kiritilgan ulushni 7 yil davomida bozor qiymatida loyiha tashabbuskoriga yoki boshqa salohiyatli investorlarga realizatsiya qilish huquqi taqdim etilmoqda.
2024 yil 1 aprelga qadar «Kichik biznesni rivojlantirish jamgʻarmasi» MChJning ustav kapitali 1 trln soʻm mikdorida shakllantiriladi, shuningdek, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Jamgʻarmaga 10 yil muddatga foizsiz byudjet ssudasi sifatida 1 trln soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi.
2024 yil yakuniga qadar Biznesni rivojlantirish bankining ustav kapitali 3 trln soʻmga yetkaziladi.
2024 yil 1 yanvardan boshlab oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar 3 yilgacha muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratiladi.
Manba: norma.uz
18.09.2023
15:23