Jahon Turk ishbilarmonlar kengashining 10-Qurultoyi boʼlib oʼtdi
Joriy yilning 15 sentyabr kuni Istanbul shahrida Savdo-sanoat palatasi vakillari hamda Оʼzbekistonlik tadbirkorlaridan iborat delegatsiya ham ishtirok etgan Jahon Turk ishbilarmonlar kengashining 10-Qurultoyi boʼlib oʼtdi.
Qurultoyda Turkiya respublikasi Prezidenti Rejeb Toyyib Erdogan ham maʼruza bilan ishtirok etdi.
Qurultoyda Prezident oʼz soʼzida jahonning turli mintaqalarida oʼz biznesini yо’lga qo’ygan Turkiyalik tadbirkorlar va ushbu sohada faoliyat yuritayotgan shaxslarga oʼz eʼtiroflarini bildirib, ularning bir qanchasi taqdirlandi.
Tadbirda Turkiyaning boshqa davlatlar oʼrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni keygaytirish, mavjud imkoniyatlarni ishga solgan holda biznes vakillari oʼrtasidagi hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, mamlakatlar oʼrtasidagi birdamlik, iqtisodiy-moliyaviy munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish, oʼzaro tovar ayriboshlash, sanoat sohalarida hamkorlikning yangi yoʼnalishlari yuzasidan fikr bildirildi.
Shuningdek, Rejep Tayyib Erdogan Turkiy kengashga aʼzo davlatlar oʼrtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, mahsulot va xizmatlar eksport va importini oshirish masalalarini alohida taʼkidlab oʼtdi.
Turkiya, Oʼzbekiston, Ozarbayjon, Qozogʼiston, Qirgʼiziston, Turkmaniston biznes hamjamiyati vakillari ishtirok etgan Qurultoy doirasida alohida seksiyalarga boʼlingan holda tadbirkorlik borasida hamkorlik masalalarida takliflar ishlab chiqildi.
SSP Matbuot xizmati
19.09.2023
09:43