Turkiyalik tadbirkorlarning yurtimizga tashrifi doirasidagi uchrashuvlar davom etmoqda
Kuni kecha habar berilganidek, Turkiy davlatlar ittifoqi Savdo-sanoat palatalari Bosh kotibi Adem Kula va “DGpays Fintech” Xalqaro turk moliyaviy texnologiya kompaniyasi bosh direktori Ahmet Kayhan mamlakatimizda bo'lib turibdi.
Ikkinchi kun tartibiga ko'ra, Savdo-sanoat palatasi tomonidan "Humocard", "Ucell", "IT-park", O'zbekiston Markaziy banki, O'zbekiston milliy banki vakillari bilan uchrashuvlar tashkillashtirildi.
Uchrashuvlarda ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilinib, turkiyalik tadbirkorlar tomonidan DGpays kompaniyasi faoliyati haqida taqdimotlar o‘tkazildi va kompaniya to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi.
SSP Matbuot xizmati
20.09.2023
11:53