“Hududlar integratsiyasi va rivojlanishi” biznes-forumi
Avval habar berilganidek, Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Jamshed Urakov boshchiligidagi yurtimiz tadbirkorlari Qirg‘izistonga tashrifi amalga oshirilgan edi.
Ushbu tashrif doirasida Jamshed Urakov va yuritimiz tadbirkorlari O‘sh shahrida bo'lib o'tgan “Janubiy Ekspo-2023” xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi doirasidagi “Hududlar integratsiyasi va rivojlanishi” biznes-forumida ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda Rossiya, Germaniya, Xitoy, Eron, Belarus, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Ummon mamlakatlari ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.
Mazkur biznes-forum davomida Qirg‘iziston tadbirkorlari Qirg‘izistonning investitsion salohiyati va istiqbolli loyihalari to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazdi. Tadbir yakunlari bo‘yicha ushbu biznes-forumda ishtirok etgan tadbirkorlar o‘rtasida B2B formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
SSP Matbuot xizmati
20.09.2023
15:05