UzCharmExpo-Eurasia 2023
Joriy yilning 18-20-oktyabr kunlari Toshkent shahridagi "O'zekspomarkaz" MKM 1-2-pavilionlarida "UzCharmExpo-Eurasia2023" 15-xalqaro charm, poyabzal, attorlik, mo'yna, jun va mahalliylashtirilgan mahsulotlar ko'rgazma-yarmarkasi o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Ko'rgazmaga dunyodagi yirik davlatlardan salohiyatli investorlar taklif qilingan. Ushbu xalqaro ko'rgazmada Rossiya Federatsiyasi, Italiya, Germaniya, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Koreya va boshqa bir qator xorijiy davlatlardan hamda mahalliy tadbirkorlik sub'yeklari o'z mahsulotlari bilan ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.
"UzCharmExpo-Eurasia2023" 15-xalqaro ko'rgazmasida respublikamizda ishlab chiqarilgan eksportbop mahsulotlarini tashqi bozorlar uchun namoyish etish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, ichki va tashqi ishlab chiqarish kooperatsiyasini o'rnatish va ishonchli xaridorlar bilan uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini yo'lga qo'yish rejalashtirilgan.
Batafsil ma'lumot uchun: www.uzcharm.uz
SSP Matbuot xizmati
22.09.2023
11:10