Xitoy Xalq Respublikasining Jiangsu provinsiyasi gubernatori bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Xitoy Xalq Respublikasining Jiangsu provinsiyasi gubernatori Su Kunlin boshchiligidagi delegatsiyaning yurtimizga tashrifi doirasida joriy yilning 21-sentyabr kuni Savdo-sanoat palatasida delegatsiya a'zolari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida xitoylik tadbirkorlar o'zlarining kompaniyalari faoliyati to'g'risida batafsil ma'lumot berdi, shuningdek, Savdo-sanoat palatasidan yurtimizda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirishda va ishonchli hamkorlar topishda ko'mak so'radi.
Xususan, uchrashuvda qishloq xo'jaligi, tekstil, energetika, avtomobil va qurilish materiallari sanoati sohalaridagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Palata vakillari mehmonlarga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, Savdo-sanoat palatasi ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va savdo-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishda ko‘maklashishga tayyor ekanini ma'lum qildi.
SSP Matbuot xizmati
22.09.2023
16:32