O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Chexiya Savdo palatasi bilan hamkorlik o'rnatdi
Joriy yilning 10-11 oktyabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Chexiya Respublikasiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan O‘zbekiston-Chexiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Forum doirasida Oʼzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Chexiya Savdo palatasi o‘rtasida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo'lga qo'yish borasida hamkorlik yo'nalishlari bo'yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.
SSP matbuot xizmati
11.10.2023
14:58