TA'ZIYA
Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o’rinbosari, ustozimiz Islom Jasimov 66 yoshida hayotdan ko’z yumdi.
Islom Jasimov 1957-yil 24 martda Toshkent viloyatida tug‘ilgan.
1986-2017-yillar davomida prokuratura organlari tizimida mas'uliyatli lavozimlarda faoliyat ko'rsatib kelgan.
1993-yilda “O‘zbekiston Respublikasi faxriy yorlig‘i”, 2001-yilda “Shuhrat” medali va 2017-yilda “Do‘stlik” ordeni davlat mukofotlari hamda 2020 yilda – qonun ustuvorligini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun “MDH Bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashining 25 yilligi” medali bilan taqdirlangan.
Savdo-sanoat palatasi jamoasi Jasimov Islom Kazimovichning vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor qiladi.
Islom Jasimov so‘nggi manzilga 16-yanvar kuni “Islom ota" jome' masjidida peshin namozi vaqtida kuzatiladi.
16.01.2024
09:32