O'zbekistonlik tadbirkorlar Germaniyaning Berlin shahrida
Ayni paytda Savdo-sanoat palatasi boshchiligida qishloq xo'jaligi sohasida faoliyat yurituvchi o'zbekistonlik tadbirkorlar Germaniyaning Berlin shahrida bo'lib turibdi.
Tashrif doirasida mamlakatimizning Germaniyadagi elchixonasida Germaniya agrobiznes alyansi direktori Per Brodersen hamda "Müller Außenhandel e.K." kompaniyasi direktori Valdemar Myuller bilan uchrashuv tashkil etildi.
Muloqot chog‘ida O'zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yevropa bozorlariga olib kirish, yangi hamkorlarni topish va ular bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish, savdo kelishuvlariga erishishda nimalarga e'tibor qaratish lozimligi va bu borada xorijiy tajriba qanday ekani to'g'risida ma'lumotlar berildi.
Uchrashuv yakunida ikki tomon vakillari o'zaro hamkorlikning istiqbollari hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar yuzasidan fikrlar almashdi.
SSP matbuot xizmati
23.01.2024
14:26