«Avenue Consulting Group» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
O’zbekiston Savdo-sanoat palatasida Armaniston Respublikasining «Avenue Consulting Group» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
«Avenue Consulting Group» kompaniyasi 2012-yilda tashkil etilgan bo’lib, professional boshqaruv va yuridik konsalting sohasida ish yurituvchi konsalting kompaniya hisoblanadi.
Uchrashuv davomida O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi va «Avenue Consulting Group» bilan birgalikda investitsion loyihalarni amalga oshirish va konsalting sohasida ish yurituvchi mahalliy xususiy korxonalar bilan hamkorlik o’rnatish bo’yicha bir qator masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida ikkala mamlakat konsalting kompaniyalari oʻrtasida hamkorlik borasida uchrashuvlar oʻtkazishga kelishib olindi.
SSP matbuot xizmati
26.01.2024
14:51