Minsk shahrida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Savdo uyi ochildi
Belarus Savdo-sanoat palatasida BelSSP raisi Mixail Myatlikov va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Jamshed Urakov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar Oʻzbekiston ishbilarmon doiralari delegatsiyasining 22–26-yanvar kunlari boʻlib oʻtgan Belarusga tashrifi yakunlarini, shuningdek, fevral oyida Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan Oʻzbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yigʻilishini tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.
Tashrif davomida erishilgan kelishuvlar natijasida Minsk shahrida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Savdo uyi ochildi. U yerda keng turdagi tovar va xizmatlar bo‘yicha eksport-import operatsiyalari amalga oshiriladi.
Shuningdek, uchrashuv yakunlari bo‘yicha Belarusda logistika markazi ochish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
SSP matbuot xizmati
29.01.2024
15:01