6.02.24

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

6.02.24

O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

1.02.24

Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

1.02.24

Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

31.01.24

“Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

23.01.17

O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

20.01.17

Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

10.05.16

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

11.12.15

Rossiya Federatsiyasi

11.12.15

Ukraina

Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

Joriy yilning 6-fevral kuni Toshkent shahrida Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingining mazmun-mohiyatini yetkazish hamda reytingni aniqlash mezonlari bilan tadbirkorlarni tanishtirish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-39-sonli qarori bilan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, qonunchilik talablariga amal qilgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish va ularni rag‘batlantirish maqsadida “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish belgilangan.

     

2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, qurilish sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 34 749 ta.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan maqsad tadbirkorlarga  2024-yil 1-fevraldan joriy etilgan “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi”da ko‘zda tutilgan normalarning mazmun-mohiyatini hamda tadbirkorlarga uning ijrosini ta’minlash bo‘yicha batafsil tushuntirish berishdan iborat.

Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vaxabov, Soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyev va Prezident huzuridagi Tadbirkorlar huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil D.Qosimov, O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o'rinbosari S.Samadov, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari D.Adilov, “O‘zsanoatqurilish materiallari” uyushmasi raisi o‘rinbosari B.Ismailov, Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi a’zolari va tegishli vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, qurilish sohasida faoliyat yurituvchi mahalliy tadbirkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

    

Xususan, kun tartibiga muvofiq, qarorning mazmun-mohiyati, Barqarorlik reytingi bo‘yicha tadbirkorlarga beriladigan imtiyoz va preferensiyalarni o‘z vaqtida qo‘llanilishi ustidan olib boriladigan nazorat, Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini aniqlashda avtomatlashtirilgan platforma, shuningdek mamlakatimizda qurilish sohasida amalga oshiralayotgan ishlar, sohadagi tadbirkorlarning davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi natijadorligi va yechimini kutayotgan masalalar, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-yanvardagi VMQ-55-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Barqarorlik reytingi mezonlari mazmun-mohiyati xususida ma’lumot berildi.

    

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi qanday ishlaydi?

Prezidentimizning joriy yil 23-yanvardagi PQ-39-son qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda 2024-yil 1-fevraldan tadbirkorlar reytingi joriy etilib, yuqori reytingga ega tadbirkorlar rag‘batlantiriladi. Bunda reytingi past korxonalarga nisbatan jazo choralari qo‘llash nazarda tutilmagan.

Agar tadbirkor «AAA» toifadagi reytingga ega bo‘lsa:

soliq organlari tomonidan tekshirishlar o‘tkazilmaydi;

QQSdan hosil bo‘lgan soliq summasi bir kunda qaytariladi (amaldagi muddat 7 kundan 30 kungacha);

QQSdan boshqa soliq turlari bo‘yicha hosil bo‘lgan ortiqcha soliqlar summalari uch kunda qaytarib berish (amalda 10 kundan 15 kungacha) yuzasidan qo‘shimcha preferensiyalar beriladi.

Yana bir rag‘batlantirish – soliq va bojxona organlarida tovarlarni import qilishda vaqtida to‘langan soliqlarni hisobga olish tizimi joriy qilinyapti

Bungacha bu faqat yirik soliq to‘lovchilar hamda 20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis dasturi doirasi sertifikat olgan korxonaolar uchun amal qilar edi.

Endi reytingi yuqori bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga ham mazkur tartib tatbiq etiladi.

Reytingning asosiy maqsadi tadbirkorlarni ixtiyoriy ravishda qonunchilikda belgilangan me’yorlar bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishiga undashdir.

Reytingda yuqori ballga ega bo‘lish uchun nima qilish kerak?

Reyting baholash mezonlari 23 ta va ular 3 ta guruhga bo‘lingan.

Birinchisi – hamma uchun bir xil bo‘lgan umumiy 10 ta mezon ko‘zda tutilgan.

Mazkur mezonlar orqali tadbirkor 100 ball olish imkoniyati mavjud.

Ikkinchisi – kamaytiruvchi 9 ta mezon.

Bu mezonlar qonunchilik talablari buzilgan holatlar yoki hisobotlarga qayta-qayta tuzatish kiritib taqdim etgan holatlar, bir hududdan boshqa hududga ko‘chish yil davomida ko‘payib ketsa ishlaydi.

Uchinchisirag‘batlantiruvchi 4 ta mezonlar.

Ijtimoiy reyestr, ayollar daftariga kirgan fuqarolarni ishga olgan va ular umumiy xodimlarining 10 foizidan ko‘proqni tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga 5 balldan 10 ballgacha qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi ball beriladi.

Tadbirkorlik subyektlarini baholashda faoliyatni uzoq davom ettirish, soliq hisobotlarini belgilangan muddatda taqdim etish, soliqlarni o‘z vaqtida ixtiyoriy to‘lash kabi holatlar asosiy rol o‘ynaydi.

Shuning uchun soliq majburiyatlarini vaqtida va ixtiyoriy bajarish reytingda yuqori ball olishni kafolatlaydi.

Eng yuqori va eng quyi ball

Reyting 100 balli tizimda ishlaydi.

Tadbirkorlar A, B, C, D toifalarga ajratiladi. A, B, C toifalari uchtadan kategoriyaga bo‘linadi.

Bunda eng yuqori reyting «AAA» 96-100 ball, «AA» reytingi 91-96 ball, «A» reytingi 86-91ball. Eng quyi o‘rin – «D» reytingi — 25 balldan past.

Platforma qanday ishlaydi?

Soliq qo‘mitasi tomonidan mavjud 23 ta mezon bo‘yicha «Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi» platformasi ishlab chiqilgan. Platforma soliq hisobotlari, to‘langan soliq summalari, subyektning ro‘yxatdan o‘tgan sanasi, boshqa organlardan olingan ma’lumotlar asosida tadbirkorlarning reytingini avtomatik shakllantiradi. Ushbu ma’lumotlar har kuni tadbirkorning shaxsiy kabineti va Savdo sanoat palatasining rasmiy veb saytiga joylashtirib boriladi.

Tadbirkorning qandaydir kamchiliklari bo‘lib, past ball olsa, dastur nima sababdan bunday ball olgani va kamchiliklar qanday bartaraf etilishini ko‘rsatib turadi. Bu shaffof reyting bo‘lib, tadbirkor o‘zi va kontragenti reytingda qancha ball to‘plagani va nima uchun shu ballni olganini ko‘rib turadi.

Reytingning amaliyotda qo‘llanilishi tadbirkorlarning to‘g‘ri ishlashi, rivojlanishiga stimul beradi.

SSP matbuot xizmati

06.02.2024

16:31

Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
x

Savollar bering

Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

+998(78) 150-60-06
  • https://kaosbsd.com/