• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Samarali dehqonchilik uchun axborot texnologiyalari

    SSP va BMTTD o‘rtasidagi “O‘zbekiston biznes-forumi (III-bosqich)” qo‘shma loyihasini amalga oshirish doirasida respublikadagi qator qishloq tumanlarida meteostansiyalar o‘rnatiladi. Mazkur tashabbusdan ko‘zlangan maqsad axborot texnologiyalarini qo‘llash, dehqonchilik jarayonlarini avtomatlashtirish, xo‘jalik boshqaruvi va rejalashtirishini maqbullashtirish orqali qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishdan iborat.

    FAO (BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti) prognozlariga ko‘ra, yer yuzi aholisining soni 2050 yilga kelib 9 mlrd.dan oshadi va butun sayyora odamlarini oziqlantirish uchun agrar sektor o‘z ishlab chiqarishini 70 foizga ko‘paytirishi kerak. Qishloq xo‘jaligi uchun axborot texnologiyalarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan eng yirik kompaniyalardan biri sanalgan IBM ma’lumotlariga ko‘ra, hosil yo‘qotishning 90 foizi ob-havo sharoitlari bilan bog‘liq.

    Ushbu masalaning yechimi sifatida dehqonchilikka axborot texnologiyalarini joriy etish cheklangan tabiiy resurslar sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini nafaqat oshirish, balki rentabbelikni ham ko‘paytiradi. Dehqonchilik va axborot texnologiyalaridan foydalanish bilan bog‘liq holat “aniq” yoki “aqlli” dehqonchilik deb nomlanib, agronomlar orasida dolzarb yo‘nalishga aylandi. Aniq dehqonchilikning tarkibiy qismlaridan biri – ob-havo sharoitlarini modellashtirish, prognozlar asosida tavakkallarni tahlil qilish va boshqarishdir.

    Ob-havo sharoitlari monitoringi meteostansiyalar va maxsus o’chagichlar yordamida amalga oshiriladi. Natijalar asosida agrotexnik tadbirlarni rejalashtirishga tuzatishlar kiritish, jumladan, noqulay ob-havo sharoitlariga nisbatan tezkor harakat qilish, maksimal darajada erta muddatlarda ekin ekish, kasalliklar profilaktikasini amalga oshirish imkonini beradi.

    Meteostansiyalardan foydalanishdagi afzalliklarga qaramay, bugungi kunda ular O‘zbekistonda u qadar keng qo‘llanmaydi. Loyiha doirasida Toshkent viloyatida to‘rtta meteostansiyaning o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ular 600 gektarga yaqin hududni hamda unda joylashgan o‘rtacha 60 ta bog‘dorchilik va uy xo‘jaliklarini qamrab oladi.

    Fermerlar bog‘dorchilik sohasida konsalting xizmatlarini taqdim etadigan hamkor tashkilot yordamida telefonlarida meteorologiya ma’lumotlari hamda olma, shaftoli, gilos va uzum kabi mevali daraxtlar uchun ko‘rilishi kerak bo‘lgan zarur agrotexnik choralar ko‘rsatilgan sms-xabarlarni olishlari mumkin. Bundan tashqari, yirik fermer xo‘jaliklarini o‘z bog‘lari hududida meteostansiyalardan foydalanish bo‘yicha o‘qitish rejalashtirilgan.

    Ta’kidlash kerakki, meteostansiyalarning ishlash mexanizmi ancha oddiy. Quyosh batareyalarida ishlaydigan meteostansiya muntazam ravishda vebsaytga axborot yuboradi. Foydalanuvchi shaxsiy kabinetiga kirib meteostansiyalarni boshqarishi, individual parametrlarni o‘rnatib, mahalliy sharoitlarga sozlashi, shuningdek, avvaldan tanlangan ekinlari uchun zararkunandalarga qarshi kurashishga oid profilaktika ishlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar olishi mumkin.

    Loyiha ekspertlarining aytishicha, meteostansiyalardan oqilona foydalanish o‘simliklar himoyasi va mehnat uchun haq to‘lash bilan bog‘liq harajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi. Meteorologik ma’lumotlarning to‘planishi va monitoring qilinishi aniq hudud uchun mikroiqlimiy sharoitlarni aniqlash imkonini berib, agrotexnologiyalarning to‘g‘ri va samarali tanlanishiga xizmat qiladi.

    Meteostansiyalar o‘rnatilishi - «smart farm» («aqlli ferma») g‘oyasini amalga oshiish yo‘lidagi dastlabki qadam bo‘lib, unda xo‘jalik, jumladan chorvachilik yuritishning to‘liq avtomatlashtirilgan jarayoni ko‘zda tutiladi. Mazkur tashabbusning O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi va sifatini oshirish maqsadida axborot texnologiyalarini qo‘llash orqali aniq dehqonchilikni rivojlantirish uchun asos yaratishi kutilmoqda.

    Ushbu loyiha Janubiy Afrikaning «Sasol» kompaniyasi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.

    ***

    “O‘zbekiston biznes-forumi (III-bosqich)” loyihasi SSP va BMTTD o‘rtasidagi qo‘shma tashabbus bo‘lib, onlayn xizmatlarni joriy etish, me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, shuningdek, inklyuziv biznes-modellarni rivojlantirish va ilgari surish orqali biznes yuritish uchun mo‘ljallangan sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan.

    21.11.2016

    15:02

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06