Savdo-sanoat palatasining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi Estoniyaga tashrif buyurdi
Savdo-sanoat palatasining Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshchiligidagi 12 kishilik biznes delegatsiyasi joriy yilning 26-31 mart kunlari Estoniyaga tashrif buyurdi.
Tashrif jarayonida Estoniya savdo-sanoat palatasida palata rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda Estoniya va O‘zbekiston iqtisodiyoti yuzasidan o‘zaro ma’lumot almashuv amalga oshirildi.
Estoniya savdo-sanoat palatasi tomonidan tuzilgan dastur asosida “E-Estonia Showroom”ga tashrif buyurildi. Unda Estoniya davlati tomonidan axborot texnologiyalaridan foydalangan xolda aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini elektron tarzda ko‘rsatish xolati, erishilgan yutuqlar va kelajakda qilinishi lozim bo‘lgan masalalar to‘g‘risida gapirib o‘tildi.
28 mart kuni O‘zbekiston-Estoniya biznes forumi o‘tkazildi. Forumni Estoniya tashqi ishlar vazirligi vakili kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda O‘zbekiston bilan o‘rnatilgan iqtisodiy aloqalar to‘g‘risida gapirib o‘tdi. Undan so‘ng SSP Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i J.Urakov O‘zbekiston biznes delegatsiyasini tanishtirib, prezentatsiya orqali O‘zbekistonda yaratilgan biznes muxit hamda Samarqand viloyatining investitsion va eksport salohiyati to‘g‘risida nutq so‘zlab, tadbirkorlarni qiziqtirgan savollariga javob berdi. Shu kuni ikki mamlakat biznes vakillari ishtirokida V&B tarzda uchrashuvlar o‘tdi.
Ushbu uchrashuvlardan so‘ng 2017-2018 yillar davomida Estoniya tadbirkorlari bilan hamkorlarnik qilish yuzasidan kelishib olindi.
Shu jumladan:
- “SIYOB SAHOVATI” MChJ (direktor Xamdamov A.) va “Lankoster” kompaniyasi bilan xo‘l, quritilgan va qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilish masalasi yuzasidan kelishib olindi.
- “SAMARQAND BILIM ORZU” NTM (direktor Maxkamova X.) va “Estonian Business School” korxonasi o‘rtasida O‘zbekiston yoshlariga Biznes treninglar bo‘yicha seminarlar o‘tkazish bo‘yicha kelishuvi imzolandi.
- “MARAQAND-MSM” MChJ (direktor Berdiev B.) va “Golden Fenix” korxonasi o‘rtasida gaz hisoblagich asbob-uskunalarini tashkillashtirish yuzasidan hamkorlik kelishuvi imzolandi.
- “ANORA DARMON FARM” MChJ (direktor Umarov A.) va “Medicine Estonia” kompaniyasi o‘rtasida talabalar va shifokorlar uchun mo‘ljallangan tibbiy trenajyorlarni olib kelish hamda Samarqand viloyatida sog‘lomlashtirish markazini tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
- “SIYOB SHAVKAT ORZU” F/X (direktor Ostonov M) va “TERE AS” kompaniyasi bilan xo‘l, quritilgan va qayta ishlangan meva va sabzavot mahsulotlarini eksport qilish masalasi yuzasidan kelishib olindi.
- “ASIA COSMETICS” MChJ ( direktor Norxudjaev A.) va “REVALA” firmasi o‘rtasida kosmetik va atir-upa mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik qilish va tajriba almashish yuzasidan kelishib olindi.
- BARAKA TEKS "ChP ASL NOVVOT" (direktor Djuraev A.) va “FEMW” kompaniyasi Estoniya davlatida “o‘zbek milliy taomlari” restorani tashkil etish bo‘yicha kelishib olindi.
Estoniya savdo-sanoat palatasi hamda SSP Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi o‘rtasida doimiy aloqalarni o‘rnatish, iqtisodiy axborot almashish masalasida kelishib olindi.
O‘zSSP axborot xizmati
12.04.2017
16:59