• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori


    Xususiy tadbirkorlik faoliyatini himoya qilishning huquqiy mexanizmlari va kafolatlarini yanada mustahkamlash, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi vositalarini yaratish, tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, shu asosda yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish va respublika bank-moliya tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida: 

    1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma) davlat muassasasi shaklida tashkil etilsin va kichik tadbirkorlik subyektlariga quyidagi shaklda moliyaviy yordam ko‘rsatish uning asosiy vazifasi etib belgilansin: 

    a) kichik tadbirkorlik subyektlariga mazkur qarorda qayd etilgan maqsadlarga kredit ajratish uchun tijorat banklariga, jumladan, xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish hisobidan resurslar ajratish; 

    b) kichik tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari kredit miqdorining 50 foizigacha, ammo 500 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan yoki unga ekvivalent hajmdagi kreditlari bo‘yicha kafil bo‘lish; 

    v) tijorat banklarining qiymati 1 million AQSh dollaridan oshmaydigan miqdordagi kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun quyidagi ekvivalentda kompensatsiya berish: 

    milliy valyutada – qayta moliyalashtirish stavkasidan oshmaydigan foiz stavkasida – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasining 40 foizigacha bo‘lgan miqdorida; 

    xorijiy valyutada – tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizi, ammo 3 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda. 

    Jamg‘arma bosh bitimlar asosida tijorat banklari orqali milliy va xorijiy valyutada kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi va tijorat banklariga resurslarni taqdim etadi. 

    2. Quyidagilar Jamg‘arma resurs bazasining manbalari etib belgilansin: 

    Toshkent shahridagi Kichik sanoat zonalari kafolat jamg‘armasini va Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasini keyinchalik tugatish va ularning tegishli ravishda 50 million dollar hamda 100 milliard so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari shaklida ushbu qarorning 1-ilovasida qayd etilgan tashkilotlar badallari hisobidan shakllantiriladigan Jamg‘armaning boshlang‘ich badali; 

    O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ushbu maqsadlar uchun har yili tasdiqlanadigan ajratmalar doirasidagi mablag‘lari, 2017-yilda Jamg‘arma resurs bazasini shakllantirish uchun – 100 milliard so‘m; 

    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yillik sof daromadining O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga yo‘naltiriladigan qismi; 

    xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning Jamg‘arma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditlari (qarzlari) va grantlari; 

    Jamg‘armaning, jumladan, depozitlarni joylashtirish, kafolatlar berishdan tushadigan daromadlari, shuningdek, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar. 

    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan Jamg‘arma resurs bazasini to‘ldirish uchun har yili mablag‘ ajratishni ko‘zda tutsin. 

    3. Belgilansinki, Jamg‘arma tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kafolat va kompensatsiyalar, shuningdek, tijorat banklariga quyidagi sohalarda loyihalar amalga oshirilishini moliyalashtirish uchun resurslar taqdim etadi: 

    qishloq xo‘jaligida, birinchi navbatda, energiya samaradorligi yuqori zamonaviy issiqxonalar qurish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, uzumchilik va bog‘dorchilikni, shu jumladan, intensiv bog‘larni rivojlantirishga qaratilgan loyihalar; 

    qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida – meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash bo‘yicha infratuzilma va ushbu mahsulotlarni transportirovka qilish bilan bog‘liq logistika markazlarini tashkil etish bo‘yicha loyihalar; 

    ko‘p kvartirali uylarda umumiy foydalaniladigan joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruv kompaniyalari tomonidan obodonlashtirish va ta’mirlash loyihalari; 

    tadbirkorlik faoliyatining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan boshqa yo‘nalishlaridagi loyihalar. 

    4. Quyidagilar: 

    Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha kengash tarkibi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha kengash) 2-ilovaga muvofiq; 

    Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasinining ijroiya direksiyasi tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 

    Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha kengashga, zarur hollarda, Jamg‘arma ijroiya direksiyasi tuzilmasiga boshqaruv xodimlari umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 

    5. Jamg‘arma ijrochi direktori maqomiga ko‘ra mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy va transport xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtirilsin. 

    6. Jamg‘arma barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etilsin va bo‘shagan mablag‘lar uning resurs hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga maqsadli yo‘naltirilsin. 

    7. Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha kengash 2018-yilning 1-iyuliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tarmoqlar va tadbirkorlik faoliyati yo‘nalishlarini yanada kengaytirish, shuningdek, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qo‘llab-quvvatlanadigan loyihalarni amalga oshirishga doir takliflar kiritsin. 

    8. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini keng jalb etgan holda, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘ida ushbu qaror maqsad va vazifalarini aholi hamda xususiy tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida muntazam va har tomonlama tizimli asosda yoritishni ta’minlasin. 

    9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki, Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 

    10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari D.A.Qo‘chqorov, Markaziy bank raisi M.B.Nurmurotov, Savdo-sanoat palatasi raisi A.I.Ikromov zimmasiga yuklansin. 


    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                      Sh.MIRZIYOYEV 

    Toshkent shahri, 2017-yil 17-avgust 

     

    * * *

     

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 

    “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni 

    qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini 

    tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga

     

    SHARH


    2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatimizda xususiy mulk manfaatlarini ishonchli himoya qilish, tadbirkorlik faoliyati uchun yanada qulay imkoniyatlar yaratish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish borasida aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ham xususiy tadbirkorlikni, avvalambor, mikrofirma va kichik korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning jadal rivojlanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoit yaratish, imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan. 

    Qaror asosida tashkil etilayotgan Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi zimmasiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama ko‘mak berish maqsadida qator vazifalar yuklatilmoqda. 

    Jumladan, tijorat banklariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratish uchun milliy va xorijiy valyutada, xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish hisobidan resurslar taqdim etiladi. 

    Jamg‘armaning tijorat banklari tomonidan berilayotgan kredit miqdorining 50 foizigacha (kredit miqdori 500 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan taqdirda) yoki unga ekvivalent hajmdagi kreditlari bo‘yicha kafil bo‘lishi belgilab qo‘yildi. 

    Shuningdek, jamg‘arma tomonidan tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foizli xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya berish shaklida moliyaviy yordam ko‘rsatilishi ko‘zda tutilgan. 

    Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda amaldagi ta’minotning cheklangan miqdori 100 ming AQSh dollariga teng hajmdagi mablag‘ni tashkil etadi. Ushbu mablag‘ miqdorini besh barobar ko‘paytirish, shubhasiz, tijorat banklari kreditlarini jalb etgan holda yirik loyihalarni amalga oshirish borasida qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi. 

    Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kafolat va kompensatsiyalar, tijorat banklariga esa quyidagi yo‘nalishdagi loyihalar bo‘yicha kredit ajratish uchun resurslar taqdim etadi: 

    qishloq xo‘jaligi sohasida, birinchi navbatda, energiya tejamkorligi yuqori zamonaviy issiqxonalar qurish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, uzumchilik va bog‘dorchilikni, jumladan, intensiv bog‘larni rivojlantirish; 

    qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, jumladan, intensiv bog‘larda yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash sohasida – ushbu mahsulotlarni saqlash bo‘yicha infratuzilma va transportirovka qilish bilan bog‘liq logistika markazlarini tashkil etish; 

    ko‘p qavatli uylar atrofidagi umumiy foydalanishga mo‘ljallangan joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruv kompaniyalari tomonidan obodonlashtirish va ta’mirlash; 

    tadbirkorlik faoliyatining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan boshqa yo‘nalishlari uchun. 

    Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining ishonchli resurs bazasini ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yagona mexanizmini yaratish maqsadida qarorda Toshkent shahridagi Kichik sanoat zonalari kafolat jamg‘armasi va Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasini tugatish, ularga tegishli bo‘lgan 50 million AQSh dollari va 100 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘larini yangidan tuzilayotgan jamg‘arma hisobiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan. 

    Shuningdek, qarorda davlat byudjetining ushbu maqsadlar uchun har yili tasdiqlanadigan ajratmalar doirasidagi mablag‘lari (2017-yilda – 100 milliard so‘m), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yillik sof daromadining Davlat byudjetiga yo‘naltiriladigan qismi, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning Jamg‘arma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditlari (qarzlari) va grantlari hamda Jamg‘armaning depozitlarni joylashtirish, kafolatlar berishdan tushadigan daromadlari, shuningdek, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar Jamg‘arma resurslarining qo‘shimcha manbalari sifatida belgilandi. 

    Qabul qilingan ushbu qaror respublika bank-moliya tizimini yanada takomillashtirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyaviy himoya qilish va kafolatlarini ta’minlash, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, biznes subyektlarining kredit resurslaridan samarali foydalanish imkoniyatini kengaytirish va shu asosda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish hamda aholi hayot darajasini oshirishga xizmat qiladi.

    18.08.2017

    10:46

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06