O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida “Yandex” kompaniyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
6-dekabr kuni O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida “Yandex” kompaniyasining direktor o'rinbosari S.Gershtin boshchiligidagi O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Internet tarmog'i imkoniyatlarini kengaytirish, O'zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining mahsulotlarini ilgari surish bo'yicha hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.
Ushbu uchrashuvda «Yandex» kompaniyasi imkoniyatlari orqali o'zbek ishlab chiqaruvchilar tovarlarini targ'ibotiga bag’ishlangan taqdimot bo'lib o'tdi. Xususan, “Yandex-Audiences” (reklama beruvchining o'z resurslaridan foydalanishga imkon beruvchi xizmat, shuningdek “Yandex”dagi reklama kompaniyalarini o'rnatish uchun mavjud bo'lgan Yandex ma'lumotlari), “Yandex-Metric” (veb-saytlarning ishtirokini baholash va foydalanuvchi xatti-harakatlarini tahlil qilishga mo'ljallangan xizmat), shuningdek, “Yandex-Media” (mahsulot tanib olishni ta'minlash uchun reklamalarga ruxsat beruvchi reklama platformasi CRM) kabi imkoniyatlardir.
Yig'ilishda tomonlar O'zbekistonda va Rossiya, Qozog'iston va Belorussiyada internetda “Yandex” vositalarini qo'llash orqali o'zbek mahsulotlarini keng targ'ib qilish imkoniyatlarini keng joriy etish bo'yicha qo'shma treninglar va seminarlar o'tkazish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
O'z SSP Axborot xizmati
06.12.2017
14:57