“Yoshlar kelajak bunyodkori”
“Yoshlar kelajak bunyodkori” shiori ostida yosh tadbirkorlik sub'ektlarining turli sohalardagi samarali faoliyatini rag'batlantirish maqsadida yosh tadbirkorlar, hunarmandlar va fermerlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar respublika ko'rgazma-savdosining ochilish marosimi o'tkazildi.
Bugun o'z ishini “Yoshlar kelajak bunyodkori” shiori ostidagi yosh tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar respublika ko'rgazma-savdosi o'tkazishdan ko'zlangan maqsad ham yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, xususan yosh tadbirkorlar, hunarmandlar va fermerlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta'minlash, ular o'rtasidagi o'zaro kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash hamda rivojlantirishda yoshlar tadbirkorligi sub'ektlariga yordam berish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchi yoshlarni qo'llab-quvvatlashdan iboratdir.
Tadbirda so'zga chiqqanlar mamlakatimizda o'tgan yillar davomida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish borasida ko'plab tanlovlar, ko'rgazmalar hamda forumlar tashkil qilingan va ular orqali hududlardagi yosh tadbirkorlik sub'ektlarining o'zaro hamkorliklarini yo'lga qo'yish ishlari olib borilgani hamda 200 ga yaqin yosh tadbirkorlar ishtirokida tashkil qilingan bugungi yirik – “Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostidagi ko'rgazma-savdo ilk marotaba o'tkazilayotganini alohida ta'kidlashdi.
Mexmonlar yosh yigit-qizlar tomonidan yaratilgan mahsulotlar bilan tanishib, ularning faoliyatini yuksak baxolab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.
Ma'lumotlarga ko'ra, Respublikamizda o'ttiz yoshgacha bo'lgan tadbirkorlar 90 mingdan ortiq va bu jami tadbirkorlik sub'ektlarining 18 foizini tashkil etadi. Ular orasida o'zining uddaburonligi, tirishqoqligi va ishbilarmonlik qobiliyati, o'zi tanlagan yo'nalishida yuksak natijalarga erishgan, yurtimiz ravnaqiga munosib xissa qo'shib kelayotgan yosh tadbirkorlarimiz ham mavjudligi albatta kuvonarli xol.
“Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostidagi ko'rgazma-savdo doirasida 13 dekabr kuni “Mahalliylashtirish dasturi mohiyati va qo'llaniladigan imtiyozlar” mavzusida seminar hamda tajribali tadbirkorlar, hunarmandlar va fermerlar ishtirokida mahorat darslarini o'tkazish rejalashtirilgan.
14 dekabr kuni esa ishtirokchilar orasidan eng muvaffaqiyatli va qobiliyatlilar “Yilning eng yaxshi yosh tadbirkori”, “Yilning eng yaxshi yosh hunarmandi”, “Yilning eng yaxshi yosh fermeri” nominatsiyalari bo'yicha taqdirlanadilar.
O'zSSP Axborot xizmati
12.12.2017
14:50