Urgench shaxrida O'zbekiston-Koreya biznes-forumi o'tkazildi
2018 yil 30 yanvar kuni O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Koreya ishbilarmon doira vakillari xamda maxalliy tadbirkorlar ishtirokidagi O'zbekiston-Koreya biznes-forumi o'tkazildi.
O'zbekiton Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil noyabr oyida Janubiy Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga ikki davlat ishbilarmonlari o'rtasida doimiy ravishda biznes-forumlar tashkil etish topshirilgan edi. Ushbu ko'rsatmaning ijrosi bo'yicha Savdo-sanoat palatasi Xorazm viloyati hokimligi hamda Xorazm viloyati Iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi hamkorligida Urganch shahrida o'tkazilgan biznes-forumni misol qilishimiz mumkin. Ushbu tadbirdan asosiy maqsad O'zbekiston Respublikasi, xususan Xorazm viloyatining eksport, investitsion va turistik salohiyatini taqdimot qilishdan iborat. Shuningdek, mazkur tadbir ikki davlat ishbilarmonlari hamkorligini rivojlantirish, shuningdek qo'shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun qo'shimcha rag'bat sifatida xizmat qiladi.
Biznes forumda 30 dan ortiq Janubiy Koreyaning qurilish, kosmetika, savdo, zargarlik sanoati kabi sohalardagi yirik kompaniyalari vakillari ishtirok etdi
Tadbirni tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad ikki davlat tadbirkorlari o'rtasida savdo aloqalari yo'lga qo'yilishi va kengayishini qo'llab-quvvatlash, yangi qo'shma korxonalar sonini hamda ikki tomonlama mahsulot aylanmasini oshirishdan iborat.
Forumda qurilish, oziq-ovqat sanoati, savdo, zargarlik buyumlari, tibbiyot anjomlari, shaxsiy gigiena buyumlari, gazballon uskunalari, qishloq xo'jaligi mashinalarini ishlab chiqarish, AKT, qadoqlash materiallari, to'qimachilik va to'qimachilik qurilmalari, logistika, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hamda tayyor mahsulotlarni chiqarish kabi sohalarda faoliyat yuritayotgan Janubiy Koreyadagi qurilish, kosmetika, savdo, zargarlik sanoati, qishloq xo'jaligi texnikalari ishlab chiqarish, yengil sanoat kabi sohalardagi yirik kompaniyalarning 30 ga yaqin vakillari, shuningdek, Koreyalik hamkorlar bilan o'z faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan Xorazm viloyatida joylashgan yirik korxonalar va kompaniyalarning 150 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.
Ishbilarmonlik uchrashuvi chog'ida ikki davlat tadbirkorlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha masalalar muhokama qilindi.
Qayd etish kerakki, O'zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida Koreyaning asosiy savdo hamkori hisoblanadi, jumladan Koreya Respublikasining mintaqa davlatlari bilan mahsulot aylanmasi hajmining yarmidan ortig'i O'zbekiston ulushiga to'g'ri keladi.
Asosiy eksport pozitsiyalari: transport, qurilish va turizm xizmatlari, paxta tolasi, plastmassa va undan yasalgan buyumlar, qurilish materiallari, tolali massa.
Import pozitsiyalari: avtotransport vositalarining qismlari, mexanik va elektr uskunalari, plastmassa va undan yasalgan buyumlar, qorma metalldan ishlangan buyumlar, kimyoviy mahsulotlar, rezina mahsulotlari va h.k.
O'zbekiston Respublikasiga jalb qilingan Koreya Respublikasining to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalari hajmi 7 mlrd. AQSH dollaridan oshdi.
Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida koreys kapitali ishtirokidagi 460 dan ortik korxona faoliyat yuritmoqda (386 ta qo'shma korxona va 75 ta 100% koreys kapitaliga ega korxona). O'zbekistonda 75 ta koreys kompaniyasining vakolatxonasi akkreditatsiyadan o'tgan.
Ushbu kompaniyalar faoliyatining asosiy yo'nalishlari: neftgaz, neftkimyo va kimyo sohalari, qazib chiqarish, mashinasozlik, elektr texnik, to'qimachilik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, transport va logistika, turizm, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va boshqalar.
Biznes forum doirasida Janubiy Koreyalik ishbilarmonlar Xorazm viloyatidagi mahalliy tadbirkorlar hamda hunarmandlar tomonidan tashkil etilgan ko'rgazma bilan tanishdilar.
O'zSSP Axborot xizmati
31.01.2018
11:28