Bekobod shahrida tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi
Joriy yilning 16 fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent viloyati Bekobod shahri hokimligida tadbirkorlik sub'ektlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda, 50 dan ortiq tadbirkorlik sub'ektlari, shahar hokimi, Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o'rinbosari I.Jasimov, Markaziy bankning viloyat hududiy boshqarma boshlig'i o'rinbosari, tashkilot va idoralarning shahar bo'linmalari rahbarlari ishtirok etdi. Ushrashuvni tuman hokimi Z.Fayzullaev ochib berdi va ishtirokchilarga tadbirkorlik sub'ektlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar to'g'risida aytib o'tdi.
Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o'rinbosari I.Jasimov so'zga chiqib, bugungi kunda Prezident topshirig'iga asosan Toshkent viloyatining barcha shahar va tuman tadbirkorlik sub'ektlari bilan uchrashuv o'tkazish va ularning muammolarini o'rganish bo'yicha samarali tizim yaratilganligi to'g'risida aytib, bunday uchrashuvlar Toshkent viloyatida video-selektor va joylarga chiqqan holda tadbirkorlar bilan uchrashish orqali tashkil qilinayotganligi to'g'risida aytdi.
Uchrashuvda tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan jami 13 ta muammo bildirilib, shundan, 6 tasi respublika darajasida va qolgan 7 tasi shahar darajasida ko'rib chiqiladigan muammolardir.
Shahar darajasida hal qilinadigan masalalar yechimi yuzasidan shahar hokimi tomonidan tegishli tashkilotlarning shahar bo'linmalari rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Respublika darajasida hal qilinadigan 6 ta masala yechimi yuzasidan Savdo-sanoat palatasi tomonidan tegishli vazirlik va tashkilotlarga xatlar yuboriladi va SSP ning huquqiy masalalar bo'yicha Ekspertlar kengashida mazkur tadbirkorlik sub'ektlari va tegishli Davlat idoralari vakillarining ishtirokida ko'rib chiqiladi.
O'zSSP Axborot hizmati
22.02.2018
13:10