Yangiyo'l shahrida tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi
Joriy yilning 23 fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent viloyati Yangiyo'l shahri hokimligida tadbirkorlik sub'ektlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda, 50 dan ortiq tadbirkorlik sub'ektlari, shahar hokimi, Savdo-sanoat palatasining mas'ul xodimlari, Savdo-sanoat palatasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi boshlig'i F.Mamanov, tashkilot va idoralarning shahar bo'linmalari rahbarlari ishtirok etdi.
Ushrashuvni tuman hokimi F.Mirzaev ochib berdi va ishtirokchilarga tadbirkorlik sub'ektlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar to'g'risida aytib o'tdi.
Shuningdek, Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi boshlig'i F.Mamanov so'zga chiqib, bugungi kunda Prezident topshirig'iga asosan Toshkent viloyatining barcha shahar va tuman tadbirkorlik sub'ektlari bilan uchrashuv o'tkazish va ularning muammolarini o'rganish bo'yicha samarali tizim yaratilganligi to'g'risida aytib, bunday uchrashuvlar Toshkent viloyatida video-selektor va joylarga chiqqan holda tadbirkorlar bilan uchrashish orqali tashkil qilinayotganligi to'g'risida aytdi.
Uchrashuvda tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan jami 10 ta muammo bildirildi, bildirilgan muammolarning deyarli hammasi shahar darajasida ko'rib chiqiladigan muammolardir.
Bu masalalar yechimi yuzasidan shahar hokimi tomonidan tegishli tashkilotlarning shahar bo'linmalari rahbarlariga topshiriqlar berildi.
27.02.2018
15:44