Farg'onada O'zbekiston mahsulotlari ko'rgazmasi o'tkazildi
29 mart kuni Farg'ona viloyatida O'zbekiston va Kirgiziston o'rtasida chegara oldi viloyat xokimlarining birinchi yig'ilishi doirasida O'zbekiston mahsulotlari ko'rgazmasi o'tkazildi.
Unda Respublikamizning Andijon, Namangan va Farg'ona viloyatidan 130 dan ortiq tadbirkorlik sub'ektalari o'z mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda.
Ko'rgazmada mahalliy tadbikorlarimiz tomonidan ishlab chiqarayotgan mahsulotlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Qirg'iziston Respublikasining Osh, Jalolobod, Botken viloyatlarining 60 dan ziyod tadbirkorlari qatnashib, o'zaro tajriba almashib, xamkorlik aloqalari o'rnatish masalalari bo'yicha kelishib oldilar.
Ko'rgazma yakuni bo'yicha O'zbekiston va Kirg'iziston ishbilarmonlari o'rtasida biznes muloqot bo'lib o'tdi.
O'zSSP Axborot xizmati
30.03.2018
16:50