Tadbirkor qonun himoyasida
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi va “Maxalla” teleradiokanali bilan hamkorlikda 29 mart kuni mahalliy tadbirkorlar ishtirokida “Tadbirkor qonun himoyasida” nomli ko'rsatuvni tasvirga oldi.
Unda tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatida duch kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish bo'yicha fikr va mulohazalar bildirildi.
Tadbirkorlar tomonidan ko'tarilgan muammolarning aksariyati yer ajratish, asossiz ravishda bino buzilishi bilan bog'liq xolatlar, kredit olish, mahsulotlarni eksport qilish, horij hamkorlarni izlab topish, mualliflik huquqi, innovatsion goyalarni amaliyotga tadbiq etishdir. Qatnashgan 20 dan ortiq tadbirkorlik sub'ektlari o'zlarini qiynayotgan savollarga javob oldilar, muammosi joyida hal etilgan tadbirkorlar tomonidan Palata xodimlari va rahbariyatiga minnatdorchilik bildirildi.
Tadbirda yakunida surishtiruv va o'rganish talab etiladigan, tadbirkorlar tomonidan ko'tarilgan muammolar yuzasidan O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi mutaxassislari har bitta tadbirkor bilan alohida suxbatlashgan xolda, ularning xujjatlarini qabul qilib, muammoning yechimi yuzasidan tegishli ishlarni boshlab yubordi.
“Tadbirkor qonun himoyasida” ko'rsatuvni 2 aprel kuni “Maxalla” telekanalining kechki dasturlarida tomosha qilishingiz mumkin.
O'zSSP Axborot xizmati
30.03.2018
18:16