“Yosh vatandoshlar” festivali doirasida amaliy seminarlar o'z ishini boshladi.
2018 yil 12 aprel kuni “Yosh vatandoshlar” festivali doirasida tadbirkorlik yo'nalishidagi amaliy seminari “Yoshlar ijod saroyi”da bo'lib o'tdi.
Xorijda faoliyat olib borayotgan O'zbekiston yoshlari, mamlakatimizdagi yosh tadbirkorlik sub'ektlari, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga aloqador idora va tashkilotlar rahbar xodimlari ishtirok etgan mazkur amaliy seminarni O'zbekiston Yoshlar ittifoqi raisining birinchi o'rinbosari O.Tojiev ochib berdi.
Seminarda O'zbekiston yoshlar ittifoqi, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Davlat investitsiya qo'mitasi hamda O'zbekitonning tajribali tadbirkorlari o'z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.
Taqdimotlar asosan, O'zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan xorijda faoliyat olib borayotgan yoshlarimizni xabardor qilish va ular orqali yangi loyihalarni amaliyotga jori yqilish borasida fikrlar almashildi.
Festival doirasida seminarlar 13-14 aprel kunlari o'z ishini Samarqand va Buxoro viloyatlarida o'tkazilib, festival 16 aprel kuniga qadar o'z ishini davom etiradi
O'zSSP Axborot xizmati
12.04.2018
15:41