Xalqaro Mehnat tashkiloti bilan O'zSSP hamkorligi
Xalqaro Mehnat tashkiloti Italiyaning Turin shahridagi Xalqaro treyning markazida “Odam savdosi va majburiy mehnatga doir holatlarni aniqlash hamda surishtirish” mavzusida o'quv-trening tashkil etdi. Ayni vaqtda unda O'zbekiston, Tojikiston, Shveysariya, Malayziya, Nepal, Shri-Lanka, Keniya, Uganda, Tayland, Vetnam va Peru kabi davlatlardan kelgan turli soha vakillari ishtirok etmoqda. Mazkur treningda O'zbekiston eng yirik delagatsiya bilan qatnashmoqda.
Xalqaro Mehnat tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi bosh texnik maslahatchisi Jonas Astrup va idora mulozimi Oxana Lipkanu, O'zbekiston Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining yetakchi mutaxassislari, NNT vakillari bor.
Treningningda Xalqaro Mehnat tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi bosh texnik maslahatchisi Jonas Astrup O'zbekistonda majburiy mehnat bilan bog'liq holatlar qay darajada ekani haqida taqdimot o'tkazdi. "O'zbekistonda odam savdosi va majburiy mehnat tushunchasi qonunchilikda ham mustahkamlab qo'yilganini qayd etar ekan, Prezident Shavkat Mirziyoev yetakchiligidagi yangi hukumat ayni qonunchilik talablarini bajarishni o'zining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilab olganini bildirdi" - deydi Jonas Astrup.
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi vakili O'zSSPning Xalqaro Mehnat tashkiloti va xorijiy tashkilotlar bilan o'zaro xamkorlik aloqalari xaqida o'z taqdimoti orqali ishtirokchilarni xabardor qildi.
O'zSSP Axborot xizmati
12.04.2018
16:09