BIZNES YURITISHNING TASHKILIY HUQUQIY MASALALARI
2018 yil 13 aprelda Savdo-sanoat palatasida “Biznes yuritishning tashkiliy-huquqiy masalalari” mavzusida Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi professor-o'qituvchilari va tinglovchilari ishtirokida davra suhbati.
Davra suhbatida “Bizning yuritishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishda palataning roli” va “Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda xalqaro tijorat arbitrajining ahamiyati” mavzularida Palata huzuridagi Xalqaro tijorat arbitraj (hakamlik) sudining raisi Foziljon Otaxonov va Palataning mas'ul xodimi Bobur Ibadullaevlarning ma'ruzalari tinglandi.
Tinglovchilar Palataning tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish, ishchanlik muhitini takomillashtirish, Palata a'zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish, tadbirkorlarning chet ellik sheriklar bilan aloqalarini yo'lga qo'yishga ko'maklashish borasidagi faoliyati bilan tanishtirildi.
Davra suhbati ishtirokchilari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzurida Xalqaro tijorat arbitraj (hakamlik) sudi hamda Hakamlik sudini tashkil qilinishi, amaliy faoliyati va ularning huquqiy asoslari, shu jumladan nizomlari, Reglamentlari, Arbitraj (hakamlik) yig'imi va xarajatlari to'g'risida nizomlari mazmun-mohiyati keng muhokama qilindi. Ayniqsa, “Xalqaro tijorat arbitraji to'g'risida”gi qonun loyihasi davra suhbati ishtirokchilarida katta qiziqish uyg'otdi va loyiha bo'yicha o'z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tinglovchilarni qiziqtirgan – tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay muhitni shakllantirish, xalqaro huquq va biznes yuritish amaliyotining umum e'tirof etilgan normalarini joriy qilish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy va iqtisodiy sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan qonun hujjatlarini takomillash-tirish; tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish, shu jumladan davlat hamda xo'jalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudda ifoda etish hamda himoya qilish; tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar ta'limi va ularni tayyorlash tizimi rivojlantirilishini, tadbirkorlarni o'qitish va ularning malakasini oshirish tashkil etilishini qo'llab-quvvatlashga oid savollarga batafsil javoblar berildi.
O'zSSP axborot xizmati
16.04.2018
17:59