“Davlat xaridlari to'g'risida”gi Qonuninining mazmun-mohiyati
O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasida 2018 yil 13 aprel kuni O'zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to'g'risida”gi Qonuninining mazmun-mohiyatini joylarda aholiga xususan tadbirkorlik sub'ektlariga yetkazish yuzasidan videokonferensiya tarzida yig'ilish o'tkazildi.
Savdo-sanoat palatasi raisi o'rinbosari Jamshed Urakov boshchiligida o'tkazilgan ushbu videokonferensiyada Palata Ijro etuvchi qo'mita boshqarmalari, hududiy boshqarmalarning boshliqlari, boshliq o'rinbosarlari va mas'ul xodilari bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyiha boshqaruvi milliy agentligining vakillari ishtirok etdi.
Jonli muloqot tarzida o'tkazilgan ushbu tadbirda qabul qilingan Qonunning tartibga soluvchi sohalari bilan birga avvalgi amaliyotdan farqli ravishdagi tadbirkorlik sub'ektlari uchun bo'lgan qulayliklari, ularning huquqlari va manfattalrini kafolatlovchi holatlar to'g'risida gap bordi.
Davlat xaridlarini amalga oshirishning besh turi ya'ni - elektron auksion, elektron do'kon, tanlov, tender va yagona yetkazib beruvchilardan xaridlarni amalga oshirish turlari amaliyotga kiritilganligi bildirildi, ularga tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida, birilgan ma'lumotlarni tadbirkorlarga yetkazilishi va zaruriy tushuntirishlar berilishi bo'yicha Savdo-sanoat palatasining hududiy tuzilmalariga tegishli tavsiyalar berildi.
“Davlat xaridlari to'g'risida”gi Qonuninining qisqacha mazmuni
Qonun 12 ta bob va 79 moddadan iborat
O'zSSP Axborot xizmati
17.04.2018
17:03