Namanganda navbatdagi «MENEJMENT ASOSLARI» mavzusida o'quv kursi o'tkazildi.
Namanganda biznes egalari va rahbarlari, boshqaruvchilari (top menedjerlari), shuningdek, o'z biznesini boshlash istagida bo'lgan shaxslarning biznesni muvaffaqiyatli boshqarishni soddalashtirish borasida bilimlarini oshirish maqsadida «MENEJMENT ASOSLARI» mavzusida o'quv kursi o'tkazildi.
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Buesiness monitoring group va Autor coochig group tomonidan tashkil etilgan "Menedjment asoslari" mavzusidagi seminar 5 may kuni O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyat hududuiy boshqarmasi xuzuridagi “Zamonaviy kelajak ta’lim” nodavlat ta'lim muassasasida tashkil etildi.
Mazkur o'quv mashg'ulotida Namangan, Farg'ona va Andijon viloyatlarida faoliyat ko'rsatuvchi kichik biznes va hususiy tadbirkorlik sub'ektlarining rahbarlari va boshqaruvchilari (top menedjerlar), biznesni rivojlantirishga ko'maklashuvchi tashkilotlarining vakillari, ta'lim muassasalarining bitiruvchilari hamda o'qituvchilari, shuningdek o'z biznesini boshlash istagida bo'lgan yoshlar ishtirok etdilar.
O'quv seminar davomida malakali trener Bahodir Fozilxo'jaev ishtirokchilarga tadbirning asosiy maqsadi bo'lgan - biznesni muvoffaqiyatli boshqarish degan murakkab ishni soddalashtirish, tashkilotlarni boshqaruv tizimlari va funksiyalari, boshqaruv rejalarining maqsad va mezonlari, jamoani shakllantirish va uni muvoffaqiyati asoslari, innovatsion yetakchilik hamda Human resources management va insoniy kapitalni rivojlantirish borasidagi chuqur va tajribaga asoslangan bilimini ushbu o'quv seminar ishtirokchilari bilan bo'lishdi.
“Mazkur seminarda ishtirok etganimdan xursandman, - deydi Namangan shahrida faoliyat ko'satuvchi tadbirkor Abduaxad Abduhamidov. Seminargacha men o'z biznesini qanday boshqarish lozimligi va unda vaqtni boshqarish bo'yicha o'z bilganimcha ish ko'rar edim. Bugungi seminarda olgan bilimlarimni o'z faoliyatimga joriy qilish natijasida menda boshqa ishlarimni ham amalga oshirishimga vaqt qolishini tushundim”.
Seminarda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga har tomonlama javoblar berish barobarida, ishtirokchilarga o'zida 100 dan ziyod iqtisodiy va huquqiy adabiyotlar hamda meyyoriy-huquqiy hujjatlarni jamlagan disklar taqdim etildi.
O'quv mashg'uloti yakunida ishtirokchilariga maxsus sertifikatlar taqdim etildi.
07.05.2018
17:41