“O'zbekiston va Litva o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy xamkorlikni rivojlantirish istiqbollari” mavzuida davra suhbati bo'lib o'tdi.
8 may kuni O'zbekiston Savdo sanoat palatasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi va Litva Respublikasi ishbilarmon doira vakillari ishtirokida “O'zbekiston va Litva o'rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy xamkorlikni rivojlantirish istiqbollari” mavzuida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Unda Litva Respublikasi Tashqi ishlar vaziri L.Linkyavichyus ishtirok etdi.
Ushbu tadbir ishbilarmonlik hamkorligini rivojlantirish, shuningdek qo'shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun qo'shimcha rag'bat sifatida xizmat qiladi.
Davra suhbatini tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad ikki davlat tadbirkorlari o'rtasida savdo aloqalari yo'lga qo'yilishi va kengayishini qo'llab-quvvatlash, yangi qo'shma korxonalar sonini hamda ikki tomonlama mahsulot aylanmasini oshirishdan iborat.
Ishbilarmonlik uchrashuvi chog'ida ikki davlat tadbirkorlari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha masalalar muhokama qilindi.
Tadbir davomida Litva Repsublikasi delegatsiya vakillari O'zbekistonda iqtisodiyotning turli tarmoqlarini rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ulkan isloxotlar hamda mamlakatimizda investorlar va tadbirkorlar uchun yaratilgan qulay shart sharoitlar va imtiyozlarni yuqori baxolab, bugungi davra suhbati O'zbekiston va Litva ishbilarmon doira vakillari uchun o'zaro tajriba almashish imkoniyati berishini ta'kidlab o'tdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar, amalga oshirilayotgan keng ko'lamli isloxotlar, ishbilarmonlik muxitini yaxshilash, biznesni qo'llab quvatlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning xuquqiy ximoya qilish, mamlakat iqtisodiyotining investitsion jozibadorligini oshirish, tashkil etilgan va faoliyat yuritayotgan EIZ da investorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Qayd etish kerakki, 2017 yilda ikki mamlakat o'zaro tovar aylanmasi 250,0 mln. AQSH dollarni tashkil qildi.
Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida Litva investorlari ishtirokidagi 14 ta korxona faoliyat yuritmoqda (shundan 3 ta 100% Litva kapitaliga ega korxona). O'zbekiston Respublikasida Litvaning 2 ta korxona vakolatxonalari akkreditatsiyadan o'tgan.
Ushbu kompaniyalar faoliyatining asosiy yo'nalishlari: kimyo, oziq -vqat, qurilish, farmatsevtika va turizm.
08.05.2018
16:52