O'zSSPda Germaniyaning “ITM Investment-Trade–Marketing GmbH” kompaniyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Bugun O'zbekiston Savdo-sanoat palatasida Germaniyaning “ITM Investment-Trade–Marketing GmbH” kompaniyasi Bosh direktori Dirk Tryondle bilan uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuvda O'zbekiston va Germaniya o'rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Jumladan, O'zbekiston mahsulotlari uchun Germaniya va Yevropa bozorlariga kirish va mahsulotlarni eksport qilish, turli sohalarda investitsion loyihalarni amalga oshirishga ikki davlat tadbirkorlariga ko'maklashish, dolzarb yo'nalishlar bo'yicha biznes-forum, kooperatsion birja va biznes muloqotlarni tashkil etish, Germaniyaga respublikamiz tadbirkorlarining tanishuv tashriflari, xalqaro ko'rgazma va yarmarkalarida ishtirok etishlariga qulay shart-sharoitlar yaratib berish masalalari bo'yicha o'zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining "Palata export" unitar korxonasi va “ITM Investment-Trade–Marketing GmbH” kompaniyasi o'rtasida o'zaro hamkorlik to'g'risidagi bitim imzolanishi rejalashtirilgan.
O'zSSP matbuot xizmati
17.05.2018
14:48