Angren shahrida “O'zbekiston-Koreya biznes forumi” o'tkazildi.
16 may kuni Toshkent viloyati, Angren shahrida “O'zbekiston-Koreya biznes forumi” tashkil etildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda xorijiy investitsiya kapitali ishtirokida tashkil etilgan korxonalar kun sayin ortib bormoqda.
O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli isloxotlar, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, biznesni qo'llab-quvvatlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning huquqiy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat iqtisodiyotining investitsion jozibadorligini oshirish bugungi kunda ustivor vazifalardan biri sanaladi.
Shu bois, bugungi kunda mamlakatimizda xorijlik investorlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar o'z samarasini bermoqda.
Toshkent viloyati hokimligi, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi va O'zbekistonning Janubiy Koreyadagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda 2018 yil 16 may kuni Toshkent viloyati, Angren shahrida tashkil etilgan “O'zbekiston-Koreya” biznes forumida Janubiy Koreyaning 30 dan ortiq ishbilarmon doira vakilari ishtirok etishdi.
Savdo-sanoat palatasi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarini jalb qilgan holda hamda Koreya investorlarini Angren EIZni investitsion loyixasi bilan tanishtirish bo'yicha mazkur biznes forumda o'tkazilishida amaliy yordam ko'rsatildi.
Jumladan Janubiy Koreyaning «Sangshin», «All Tree», «Brisen», «Light Stone Board», «KOTEC», «Samsung Steel», «So Mang Global», «Hanyan Electric», «Incheon FEZ», «Eco Green Partners» va boshqalar.
Tashrif davomida mehmonlar Angren EIZ zonasiga tashrif buyurishdi.
Angren EIZ zonasida tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoitlar amalga oshirilayotgan investitsion loyixalar, preferensiyalar va imtiyozlar to'g'risida Angren EIZ rahbari tanishtirib o'tdi. Shuningdek med trubalar va keramik plitkalar ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyati tadbirkorlik sub'ektlari va Koreya ishbilarmon doira vakillari ishtirokida o'rtasida B2B formatida biznes forum o'tkazildi.
Biznes forumda tadbirkorlar yangi qo'shma korxonalar tashkil etish, investitsiya loyixalarini amalga oshirish hamda o'zaro manfaatli shartnomalar tuzish kabi masalalarni muxokama etdilar.
Angren shahrida faoliyat ko'rsatayotgan “Baraka Ustroz” MCHJ va Janubiy Koreyalik xususiy tadbirkor Janob Che Il Chon bilan hamkorlikda o'quv markazi tashkil etish bo'yicha o'zaro kelishuvga erishishdi.
Toshkent shahrida faoliyat ko'rsatayotgan «Evro Star Trade» MCHJ va Janubiy Daehan heavy Electric Mashinery Co.LTD o'rtasida qiymati 975 ming dollarlik xar xil turdagi sanoat, qishloq xo'jaligida ishlatiladigan nasoslar ishlab chiqarish bo'yicha qo'shma korxona ochish bo'yicha o'zaro kelishuvga erishdi.
Bu kabi uchrashuvlar o'z navbatida Janubiy Koreya ishbilarmon doira vakillari bilan o'zaro xamkorlik aloqalarini yanada mustaxkamlash, qo'shma korxonalar sonini kengaytirish va yangi istiqboli loyixalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
18.05.2018
16:21