• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARI HUQUQIY TIZIMIDA MEDIATSIYA

    2018 yil 18-20 may kunlari Almati shahrida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining “Markaziy Osiyo mamlakatlarida huquqiy davlatchilikka ko'maklashish” dasturi doirasida “Markaziy Osiyo mamlakatlari huquqiy tizimida mediatsiyaning istiqbollari” mavzusida xalqaro seminar bo'lib o'tdi.

    Seminarda  Tojikiston, Turkmaniston, Kirg'iziston, Qozog'iston, Ukraina, O'zbekiston mamlakatlaridan tashrif buyurgan olimlar, sudyalar, mediatorlar, advokatlar, arbitrlar, hakamlik sud'yalari va davlat organlarining mas'ul xodimlari ishtirok etdilar. 

    Xalqaro konferensiyani Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining “Markaziy Osiyo mamlakatlarida huquqiy davlatchilikka ko'maklashish” dasturi direktori Yorg Pudelka kirish so'zi bilan ochib berdi va unda “Huquq ustuvorligi Yevropa markazi” Kengashi a'zosi, mediator Alina Sergeeva, Yaroslav Mudriy nomidagi Ukraina milliy yuridik universiteti assisenti, yuridik fanlari nomzodi, mediator Tatyana Suvinaning ma'ruzalari tinglandi.

    Seminarda “Odil sudlovga murojaat qilishning xalqaro standartlariga erishishda nizolarni muqobil hal qilishning roli”, “Nizolarni muqobil hal qilish tizimida mediatsiya, uni o'ziga xos xususiyatlari va prinsiplari”, “Mediatsiya modellari va uning sud tizimi hamda boshqa yuridik kasblar  bilan o'zaro munosabati”,  “Mediatorlarga qo'yiladigan talablar, ularning etika qoidalari”, “Mediatsiyani o'tkazish tartibi va mediator texnikasi”, “Mediativ kelishuvni tuzish va uni rasmiylashtirish”, “Mediativ kelishuvni ijro qilish” kabi mavzular keng va qizg'in muhokama qilindi.

    Shuningdek seminarda O'zbe-kiston Savdo-sanoat palatasi huzu-ridagi Xalqaro tijorat arbitraj sudining raisi Otaxonov Foziljon “O'zbekistonda mediatsiyani rivoj-lantirish istiqbollari” bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.

    Seminarda ta'kidlanganidek, ko'p asrlar davomida mediatsiya davlatlararo aloqalarda, oilalar, qo'shnilar, siyosiy partiyalar, professianal, diniy va boshqa jamoatchilik guruhlari o'rtasida va parlamentda yuzaga keladigan nizolarni barataraf etishda muvaffaqiyatli qo'llanilgan. 

    Bizning davrimizda mediatsiya va uning tarkibiga kiradigan usullarning ahamiyati kattadir. U nafaqat oila va mehnat nizolarida, balki, har qanday darajadagi mulkiy munosabatlarda, jumladan, kompaniyalar, korporatsiya menejmenti va uning aksiyadorlari o'rtasidagi, shuningdek, xalqaro huquq sub'ektlari orasidagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etishda ham qo'llanilmoqda.  
    Mediatsiyani o'rganish bo'yicha xalqaro tadbirlarda uning samaradorligi bo'yicha bir qancha raqamlar keltiriladi. Masalan, AQShda mazkur protseduradan o'tgan ishlarning 95 foizi sud muhokamasigacha yetib bormagan. Germaniyada mediatsiyaning ko'rsatkichlari katta taassurot qoldiradi - 90 foizdan ko'proq  muzokaralar taraflarning kelishuv bitimi bilan yakunlangan. Quyi Saksoniyada samaradorlik 97 foizni tashkil etadi. Buyuk Britaniyada 90-95 foiz nizoli holatlar sud muhokamasigacha hal etiladi. Yevropada mediatsiyaning samaradorligi o'rtacha 40-80 foizni tashkil etadi.

    Mediatsiya keng qo'llaniladigan davlatlarda u odil sudlovga erishishni ta'minlovchi usullardan biri ekanligi to'g'risidagi fikr mustahkam o'rin egallagan. Bu haqiqatdan ham shunday. Hozirgi davrda sudlarga kelib tushayotgan ishlar soni ortib borayotganligi sababli jamiyat nizolarni hal etishning muqobil usullarini qidirmoqda. Bunga jumladan, nizolarni hakamlik sudlari va tijorat arbitrajlari tomonidan hal etilishi kiradi. Nizolarni hal etishda  oxirgi natijaga erishish usuli  sifatida mediatsiyadan foydalanish ham katta ahamiyat kasb etmoqda. Odatda davlat sudlari nizolarni hal etishning muqobil usullarini rivojlantirishga har tomonlama ko'mak beradi, sababi ular davlat sudlaridagi ishlar sonini normallashtirishga shuningdek, odil sudlovni samarali amalga oshirish uchun zarur sharoit yaratishga imkon tug'diradi.
    Mediatsiya quyidagi prinsiplarga asoslanadi: ixtiyoriylik;   taraflarning teng huquqliligi; xolislik, mediatorning  odilligi;  maxfiylik.

    Seminar ishtirokchilari Markaziy Osiyo mamlakatlarida mediatsiya institutining huquqiy asoslari va amaliyoti bilan o'zaro bir-birlarini tanishtirdilar. Xususan Qozog'iston va Qirg'izistonda qabul qilingan mediatsiya to'g'risidagi qonunlarning mazmun-mohiyati va o'ziga xos xususiyatlari, shuningdek O'zbekiston va Tojikistonning mediatsiya to'g'risidagi qonun loyihalari muhokama qilindi.

    Seminar yakunida ishtirokchilarga Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining “Markaziy Osiyo mamlakatlarida huquqiy davlatchilikka ko'maklashish” dasturi direktori va trenerlar tomonidan imzolangan mediatsiya bo'yicha kursdan muvaffaqiyatli o'tganliklari to'g'risida sertifikatlar berildi.

    22.05.2018

    10:43

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06