Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida maxalliy axoli xususan yoshlar bilan o'quv-amaliy seminar o'tkazildi.
Joriy yilning 19-22 may kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Xo'jayli va To'rtko'l tumanlarida maxalliy axoli xususan yeshlar bilan o'quv-amaliy seminar o'tkazildi.
Uchrashuvda tadbirkorlikning jamiyatga foydasi, har bir oila tadbirkorlik bilan shug'ullanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar muxokama kilindi.
Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi boshqarma boshlig'i O.X.Tursunxodjaev boshchiligida bugungi kundagi yoshlar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash hamda davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar to'g'risida to'liq tushunchalar berib o'tildi, bildirilgan savollarga javob berildi.
Qishloq joylarida oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilikning o'rni va avzalliklari xamda bu bo'yicha imtiezlarga aloxida tuxtalib o'tildi.
Uchrashuv so'ngida mutaxassislar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar ko'llab-quvvatlandi hamda bunday tadbirlar yoshlar orasida ko'proq o'tkazilishi taklifi kiritildi.
Bu kabi o'quv-amaliy seminar 20-22 may kunlari Xorazm viloyatining Yangiariq va Qo'shko'pir tumanlarida ham o'tkazildi.
22.05.2018
16:35