Yana bitta tadbirkorning manfaati himoya qilindi.
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkor “MAMADJANOVA MAPKURA SABIROVNA”ning Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining birinchi instansiyasi tomonidan 01.11.2017 yildagi 1001-1706/13215-sonli ishi yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qaroridan noroziligini bildirib yozgan murojaati ko'rib chiqildi.
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.06.2017 yildagi PF-5087-sonli Farmonida berilgan vakolatlaridan foydalangan xolda 2018 yil 26 fevralda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga nazorat tartibida protest keltirish to'g'risida Iltimosnoma kiritdi va Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan kassatsiya tartibida protest keltirildi.
02.05.2018 yilda sud tomonidan ish ko'rilib, yakka tartibdagi tadbirkor “MAMADJANOVA MAPKURA SABIROVNA”ning qonuniy manfaatlari himoya qilindi.
O'zSSP Matbuot xizmati
25.05.2018
16:41