• RIVAL168
  • Sabung Ayam Online
  • Slot Online
  • Slot Bank Bri
  • Slot Bank Mandiri
  • Slot Bank Seabank
  • Slot Bank Bca
  • Slot Bank Bni
  • Slot Dana
  • Slot Ovo
  • Slot Linkaja
  • DeraDer4
  • Link DeraDer4
  • Sleep DeraDer4
  • MMORPG DeraDer4
  • gacor
  • gunchang menang
  • slot gacor
  • anime
  • anime baru
  • anime overpower
  • anime sekolah
  • baju sepasang
  • baju korea
  • make up
  • facewash
  • baju sepasang
  • baju raya
  • Slot 2025
  • Slot bagus 2025
  • Slot bagus 2024
  • O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
    6.02.24

    Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi bo'yicha navbatdagi seminar bo'lib o'tdi

    6.02.24

    O‘zbekiston-Belarus ishbilarmonlar kengashining 3-yig‘ilishi

    1.02.24

    Gulistonda tadbirkorlar uchun viloyat hokimining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi

    1.02.24

    Kanadaning O'zbekistonga yangi tayinlangan elchisi Alan Hemson o'rtasida uchrashuv

    31.01.24

    “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini” joriy etish bo'yicha seminar-trening

    23.01.17

    O`zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirigi

    20.01.17

    Министерство Минобороны Республики Узбекистан И активный

    10.05.16

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    11.12.15

    Rossiya Federatsiyasi

    11.12.15

    Ukraina

    “Tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatidagi muammolarini o'rganish va ularga amaliy ko'mak berish” mavzusida tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi.

    Mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo'yicha qabul qilinayotgan choralar samaradorligi va natijadorligi yetakchi xalqaro moliyaviy tashkilotlar va reyting agentliklarining ijobiy baholarida xolisona aks ettirilmoqda. Jahon bankining «Biznesni yuritish — 2018» hisobotida O'zbekiston tadbirkorlik uchun yanada qulay sharoitlar yaratish bo'yicha islohotchi davlatlar qatorida jahonda birinchi o'ntalikka kirdi.

    Shunga qaramasdan, mamlakatimizda qulay biznes muhitini rivojlantirish borasidagi sayi-harakatlar izchil davom etmoqda.

    Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 martdagi “Tashqi savdoni yanada erkinlashtirish va savdo operatsiyalarining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-36-sonli Qarori bilan mamlakatimizga import qilinadigan tovarlarni yuklashdan oldin majburiy inspeksiyadan o'tkazish tartiblari bekor qilindi.

    Ushbu holat tashqi savdoni yanada erkinlashtirish, tadbirkorlik sub'ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda keng ishtirok etishi uchun teng va qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, savdo-operatsiyalarini amalga oshirishda ortiqcha to'siq va g'ovlarni bartaraf etishga xizmat qiladi.

    Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida” gi PF-5409-sonli Farmoni bilan 2018 yil 1 iyundan boshlab tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat berish tartib-taomillarining ayrim turlarini, shu jumladan, ularning ba'zi turlarini birlashtirish yo'li bilan 198 tadan 56 taga qisqartirildi.

    Mamlakatimiz raxbari Toshkent viloyati Xalq deputatlari Kengashining 2018 yil 05 yanvardagi navbatdan tashqari sessiyasida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo'yicha bir qator muhim vazifalar belgilab berdi.

    Jumladan, sektor rahbarlari (hokim, prokuror, ichki ishlar, soliq inspeksiyasi rahbarlari) biriktirilgan hududdagi tadbirkorlar bilan muntazam uchrashuvlar tashkil qilish, tadbirkorlik faoliyatidagi muammolarni yechish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar yuklangan.

    O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlik sub'ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil va Toshkent viloyati hokimligi tomonidan 2018 yilda viloyatning har bir tuman va shaharida tadbirkorlar bilan o'tkaziladigan uchrashuvlar reja-jadvali ishlab chiqillib, tasdiqlangan.

    Yig'ilish reja-jadvaliga asosan ketma-ket har ikki haftada bir marta tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etish belgilangan. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad, birinchi uchrashuvda murojaatlarni eshitish va ularni ko'rib chiqish bo'yicha mas'ullarni biriktirish bo'lsa, ikkinchi uchrashuvda mas'ullardan topshiriqlar ijrosini eshitish va tahlil qilib borishdir.

    Alohida ta'kidlash lozimki, tuman-shahar va viloyat darajasida o'z yechimini topmagan masalalar tahlil qilinib, O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining huquqiy masalalar bo'yicha Ekspertlar kengashida muhokama qilib borilmoqda, shuningdek, Palata tomonidan har oy yakuni bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borilmoqda.

    Joriy yilning 25 may kuni Toshkent viloyatining Bo'ka tumanida “Tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatidagi muammolarini o'rganish va ularga amaliy ko'mak berish” mavzusida tadbirkorlar bilan navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi.

    Uchrashuvni O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o'rinbosari I.K.Jasimov, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlik sub'ektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakilligidan A.Bo'riev, Toshkent viloyati hokimligining tadbirkorlik masalalari bo'yicha Ishchi guruhi rahbari M.Niyozmuxammedov  va Bo'ka tuman hokimining birinchi o'rinbosarlari olib borishdi.

    Uchrashuvda tumanda faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiq tadbirkorlik sub'ektlari va fuqarolar ishtirok etdi.

    O'zbekiston Savdo-sanoat palatasining huquqiy masalalar bo'yicha Ekspertlar kengashi raisi I.Jasimov yig'ilish ishtirokchilariga mamlakatimizda tadbirkorlikka oid qabul qilingan so'ngi qonun va qonun osti xujjatlari, ularning mazmun mohiyati, shuningdek, tadbirkorlarning huquqlari va ular erkinliklarining kafolatlarini tushunturib o'tdi. Shundan so'ng, tadbirkorlarning murojaatlari tinglandi.

    Yig'ilishda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish masalalarida 32 ta murojaat qayd etilgan bo'lib,  murojaatlarning barchasi tuman miqyosida hal etilishi lozim bo'lgan masalalardir.

    Murojaatlarning asosiy qismi tijorat banklaridan kredit olish va tadbirkorlik maqsadida yer olish hamda tumanda qayta qurilayotgan markaziy bozor infratuzilmasidan foydalanish bilan bog'liq masalalardir.

    Qayd qilingan murojaatlar tahlili shuni ko'rsatdiki, murojaatlarning barchasini tuman miqyosida hal etish mumkin bo'lgan, biroq, tegishli tashkilotlar va mutasaddi rahbarlarning e'tiborsizligi hamda tadbirkorlik faoliyatiga befarq munosabatda bo'lganligi bois, ushbu murojaatlar bugungi kunga qadar o'z yechimini topmasdan kelgan.

    Buning yana bir asosiy sababi, aksariyat tadbirkorlar va tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan fuqarolarning tadbirkorlik borasida yetarlicha axborotga ega emasligi va o'z haq huquqlarini yetarli darajada bilmasligidir.

    Xususan, aksariyat tadbirkorlarning yer olish masalasidagi murojaatlari Bo'ka tuman Arxitektura bo'limi va tuman Yer resusrlari va davlat kadastri bo'limlari tomonidan tumanda yer yo'q qabili ostida ko'rib chiqilmagan.

    Garchan tumanda tadbirkorlik qilish sharti bilan bundan bir necha yillar oldin ajratib berilgan yer maydonlari foydalanilmasdan kelingan.

    O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasi 7-qismiga asosan “...yer uchastkasidan oqilona foydalanilmaganda” yer uchastkalariga bo'lgan huquq bekor qilinishi va uni boshqa bir tashabbuskorga tanlov asosida berilishi lozim  bo'lgan. Biroq, bu borada mas'ullar sustkashlikka yo'l qo'yib, yerlardan oqilona foydalanish bo'yicha monitoringni tashkil qilmagan.

    Shundan kelib chiqib, yig'ilishda ishtirok etganlarga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi “Mulkdorlar tomonidan foydalanilmayotgan ishlab chikarish maydonlaridan okilona, maksadli va samarali foydalanishi yuzasidan nazoratni kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PK-3541-sonli Qaroriga ko'ra mulkdor (boshqa tashabbus ko'rsatuvchilar) tomonidan investitsiya loyihasi taqdim etilmaganligi yoki amalga oshirilganligi to'g'risida Idoralararo komissiya tomonidan xulosa chikarilgandan keyingi oydan boshlab:

    yuridik shaxslar - qurilishi tugallanmagan ob'ektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining soddalashtirilgan soliqqa tortish tartibini qo'llayotgan mulkdorlari umumbelgilangan tartibdagi soliqlar xamda boshqa majburiy to'lovlarni to'lashga o'tishi;
    yuridik va jismoniy shaxslar - mulkdorlar o'zlariga tegishli qurilishi tugallanmagan ob'ektlar hamda foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari uchun mulk va yer soliqlarini ikki barobar miqdorda, 6 oy o'tgandan keyin - besh barobar miqdorda, 12 oy o'tgandan keyin va keyinchalik - o'n barobar miqdorda to'lashi;
    yuridik va jismoniy shaxslarga - qurilishi tugallanmagan ob'ektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari mulkdorlariga nisbatan qonun xujjatlari bilan belgilanadigan soliqlar bo'yicha imtiyozlar va preferensiyalar qo'llanilmasligi tushuntirildi.
    Muntazam ravishda joylarda tadbirkorlar bilan bu kabi uchrashuvlarning o'tkazilishi, tadbirkorlik faoliyatidagi muammo va kamchiliklarni o'rganish, ularni hal etish, hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan keng foydalanishga ko'mak berish hamda ularning jamiyatda ro'y berayotgan o'zgarishlarda faol ishtirokini ta'minlash imkonini beradi.

    28.05.2018

    14:23

    Murojaatingiz muvafaqqiyatli yuborildi!
    x

    Savollar bering

    Formani to'ldiring, shunda biz sizga qo'ng'iroq qilamiz va barcha savollaringizga javob beramiz

    +998(78) 150-60-06