“Yoshlar-kelajak bunyodkori” savdo ko'rgazmasi
“O'zbekiston Respublikasi yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Yoshlar masalalari bo'yicha respublika idoralararo kengashi majlisining 2018 yil 22 yanvardagi 1-son yig'ilish bayoni ijrosi bo'yicha O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O'zbekiston “Hunarmand” uyushmasi va O'zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Buxoro viloyatida “Yoshlar-kelajak bunyodkori” shiori ostida yosh tadbirkorlik sub'ktlari va yosh hunarmandlar tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlarning hududiy savdo ko'rgazmasi tashkil etildi.
Ko'rgazmani tashkil etishdan maqsad, chekka hududlarda istiqomat qilayotgan ko'p sonli yoshlarning o'z iqtidor va iste'dodini ro'yobga chiqarishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanishi uchun keng sharoitlar yaratish, ularni turli zararli illat va yot g'oyalar ta'siridan himoya qilish, yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, yoshlarga oid davlat siyosatini izchil va samarali amalga oshirish, yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iboratdir.
Savdo ko'rgazmasida jami 17 nafar yosh tadbirkorlar va 20 nafar yosh hunarmandlar o'z mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.
Ko'rgazmaga taqdim qilingan mahsulotlar bilan tanishish, savdo hamda kelajakda hamkorlikda ishlash maqsadida shartnomalar tuzish uchun viloyatdagi oliy ta'lim, o'rta maxsus ta'lim muassasalarining bitiruvchi talabalari, qiziqish bildirgan aholi qatlami va viloyatdagi harbiy qism oddiy askarlari tashrif buyurishdi.
28.05.2018
16:17